Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. So‘nggi yillar o‘zbek nasri tadqiqiga bag‘ishlangan M.Sheralieva, U.Normatov, T.SHermurodov,A.Xolmurodov, F.Radjapova, N.Ashurova, SH.Davronova, S.Qurbonov,M.Qo‘chqorova, SH.Odilov, O.SHofiev, S.Sodiqov singari olimlarning tadqiqotlari bu jihatdan ahamiyatli. Mazkur ishlarda Erkin A’zam ijodiga xos xususiyatlar zamonaviy o‘zbek nasri tamoyillarini tadqiq etish jarayonida yoritilgan. Mazkur tadqiqotda zamonaviy o‘zbek nasrining taniqli namoyandasi Erkin A’zam asarlari inglizcha tarjimasiga xos xususiyatlar, yozuvchi uslubi, asliyat va tarjima badiiy tili, leksikasi masalasi monografik tarzda tekshirilmagan. Tadqiqotning vazifalari: Tadqiqotning vazifalari: Erkin A’zam asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida asliyatni ifodalash xususiyatlarini ochib berish; yozuvchi asarlari inglizcha tarjimasida ijodkor uslubini qayta yaratishdagi milliy tarjimon mahoratini ochib berish; tarjimada milliy mentalitetga xos xususiyatlarining realiyalar, maqollar, iboralar orqali ifodalanishini yoritish; asliyat va tarjima badiiy tili, leksikasiga xos xususiyatlarni aniqlash; Tadqiqotning ob’ekti sifatida Erkin A’zamning «SHovqin» romani, «Guli-Guli» qissasi, shuningdek, adibning A’zam Obidov tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan asarlaridan tarkib topgan «Farewell to Fairy Tales» va «Heirs to the Great Sinner Sheikh San’on» to‘plamlari tanlangan. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada qiyosiy-tipologik, analitik, transformatsion, psixologik va kompleks tahlil metodlaridan foydalanilgan. - Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada qiyosiy-tipologik, analitik, transformatsion, psixologik va kompleks tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Erkin A’zam asarlarida aks etgan milliy hayot manzaralari, realiya, urf-odat, milliy xarakterlarning ingliz tilida ifodalanishi yoritilib, tarjimada kinoya, frazeologizm, maqol kabilarning ekvivalentini muvofiq tarzda berish va so‘zma-so‘z o‘girish orqali milliy xususiyatlarning saqlanishi kontekstual-komponent tahlil metodi orqali asoslangan. - Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Erkin A’zam asarlarida aks etgan milliy hayot manzaralari, realiya, urf-odat, milliy xarakterlarning ingliz tilida ifodalanishi yoritilib, tarjimada kinoya, frazeologizm, maqol kabilarning ekvivalentini muvofiq tarzda berish va so‘zma-so‘z o‘girish orqali milliy xususiyatlarning saqlanishi kontekstual-komponent tahlil metodi orqali asoslangan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |