Poemadan Dol qoya misolida ko’hna udumlar insonning zavoliga emas, kamoliga xizmat qilishi kerak, degan hayotiy xulosa kelib chiqadi. Umuman, Asqad Muxtorning "Dol qoya" asari poemaning afsona asosida qurilgan va falsafiy-ijtimoiy mazmun bilan yo’g’rilgan o’ziga xos ko’rinishi sifatida 80-yillar o’zbek adabiyotida yorqin iz qoldirdi. Poemasida nazm va nasr uyg’unligida yaratilgan katta-kichik hajmdagi qirq afsona zamonaviy voqelikni aks ettiradi. Ularning har biri, mustaqil sujetga ega va ular shoirning adolat, insof, poklik, e’tiqod, burch singari inson ma’naviy kamolotining asosiy sifatlari haqidagi qarashlari bilan ichki bog’lanishga ega.
Doston muqaddimasida shoirning o‘z zamondoshi bilan bo‘lgan dialogi 118 beriladi. O‘tmish xotiradir. Xotira- boylik. Kecha, Bugun, Erta- bus-butun. Shoshmang, do‘stim, sabr qilaylik, Qayga eltar ekan yigitcha yukin... (222, 161). Muallif Kecha, Bugun, Ertaning bus-butunligini, yagona jarayonligini afsona vositasida dalillashga intiladi. Chag‘ay urug‘ining udumiga ko‘ra qarib, qo‘lidan bir ish kelmaydigan qariyalarni Dol qoyaga tashlab ketish odati bo‘lgan. Afsonada keltirilishicha, Roston o‘z bobosini opichlab qoyaga o‘rlarkan, beixtiyor o‘zining ertangi kunini ko‘z oldiga keltiradi. Ha, qachonlardir shu holat takrorlanadi: qariganidan so‘ng nevarasi uni ham shu alfozda opichlab, qoyaga tashlab ketadi. Bobosi ham qachonlardir o‘z bobosini mana shu sovuq qoyaga, poyida tubsiz jarlik yastanib yotgan mash’um qoyaga qoldirib ketgan
Tarix hukmi – shafqatsiz, vaqt amri – vojib. Rostonning yosh ongi, bedor xotirasi urug‘ning jaholatga to‘la bu udumiga qarshi isyon ko‘taradi. Roston odamlar ko‘zidan pana bir ovloqda bobosi uchun boshpana tiklab, keyinchalik hayot jumboqlarini bobosining maslahati bilan hal eta boshlaydi. Urug‘ boshiga tushgan musibatlar boboning tadbirlari bilan bartaraf etiladi va oradan yillar o‘tib, Rostonning urug‘ udumiga qarshi ko‘targan isyoni aymoqlari tomonidan kechiriladi. Tarix hukmi – shafqatsiz, vaqt amri – vojib. Rostonning yosh ongi, bedor xotirasi urug‘ning jaholatga to‘la bu udumiga qarshi isyon ko‘taradi. Roston odamlar ko‘zidan pana bir ovloqda bobosi uchun boshpana tiklab, keyinchalik hayot jumboqlarini bobosining maslahati bilan hal eta boshlaydi. Urug‘ boshiga tushgan musibatlar boboning tadbirlari bilan bartaraf etiladi va oradan yillar o‘tib, Rostonning urug‘ udumiga qarshi ko‘targan isyoni aymoqlari tomonidan kechiriladi.
A.Muxtor bu afsonaga o‘z davrining, ya’ni 80-yillarning ko‘zi bilan qaraydi. Sho‘ro zug‘umlari ta’sirida tariximizning toptalishi milliy qadriyatlardan chekinilishi, soxtakorlik, haybarakallachilikning avj olishi ijodkorga o‘tmish saboqlarini eslatgan bo‘lsa, ajab emas. Shoir xalq og‘zaki ijodining ertak, rivoyat, afsona janrlaridan birday foydalanishi mumkin. Biroq qayta ishlanajak folklor namunasi davr ruhini, davr qiyofasini ko‘rsatishga xizmat qilmog‘i lozim. A.Muxtor shu vazifani uddalaydi. Shu bois lirik “men”ning bedor o‘ylari, bezovta xayollari har uchchala zamon xossalarini bir nuqtaga jamlashga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |