Asqad Muxtor. “Dol qoya”


Tunlari sharpalar yurarmish. Mog’oraning zim-ziyo qa’ri



Download 6,87 Mb.
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi6,87 Mb.
#586178
1   2   3   4
Bog'liq
Asqad Muxtor

Tunlari sharpalar yurarmish.

Mog’oraning zim-ziyo qa’ri

Odamday shivirlar, dam oh urarmish

Dol qoyadagi mog’oraning odamday shivirlashi, oh urishi odatiy hol emas. Shu orqali shoir uning xalq nazarida shunchaki oddiy qoya emas, balki g’ayrioddiylik kasb etgan makon ekanligiga urg’u beradi. Asarning yana bir e’tiborli jihati, shoir dastlab bosh qahramonga nom bermaydi. Eski udumni buzib, bobosining hayotini saqlab qolgan nevara yillar o’tib el-yurt koriga yaraydigan farzand bo’lib yetishgandan so’ng unga Roston deb ism qo’yadi.

Dol qoya


Poemada xudbin kishi timsolidagi tantiq shahzoda obrazi muhim o’rin tutadi. U xalqqa past nazar bilan qarab, kim tong nurini menga ko’rsatsa, uning istagini amalga oshiraman, deb shart qo’yadi. Hamma qatori Roston ham bu vazifani bajarishga kirishadi va tong nurini ko’rsatishga muvaffaq bo’ladi. Shartni bajargan Rostonni shahzoda mensimaydi va unga bir "norasida" sifatida qaraydi. Lekin Rostonning chag’al urug’ini qiz solig’idan ozod qilish haqidagi istagi uni esankiratib qo’yadi.

Xalqning qo’llab-quvvatlashini ko’rib, shahzoda noiloj bu istakni qabul qiladi, lekin ularga nisbatan yomonlik qilishni ko’ngliga tugadi. Bir oz vaqt o’tib shahzoda shu yovuz niyatini amalga oshiradi. Ya’ni chag’al urug’iga tegishli don-dun, g’aram, omborlarni yoqib yuboradi. Yurtda ochlik boshlanadi. Ana shu ochliqdan xalqni yana Roston qutqaradi. Shu asosda shahzodaning chag’al xalqini kulga aylantirishdan iborat xudbinona istagi amalga oshmaydi. Yurt oqsoqolining nogahon dunyodan ko’z yumishi natijasida xalq yosh Rostonni boshliq etib saylamoqchi bo’ladi.

Shundagina u bu martabaga munosib emasligini, azaliy udumga qarshi borib bobosini Dol qoyadan tashlab yubormaganini, biroq xalqni kulfatlardan qutqarishda o’sha keksa va donishmand bobosi sababchi ekanligini aytadi. Demak, shoir donishmand bobo obraziga shu jihatdan alohida mazmun yuklaydi. E’tibor berilsa, poema sujeti nihoyatda ta’sirchan va hayotiy voqelik asosiga qurilgan. Uning tub mag’zida millatning erki va ozodligi tushunchasi yotadi. Xalqning ko’p asrlik orzu-kechinmalarini baralla aytish mushkul bo’lgan o’tgan asrning 80-yillarida shoir afsonaga asoslanib, o’zining g’oyaviy-badiiy niyatini ifoda etdi.


Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish