Zamonaviy dostonchilikda realistik va romantik tasvir usullarining omuxta etilayotganligi janrning yangi istiqbolidan darak berib turibdi. A.Muxtorning “Dol qoya” dostoni shu jihatdan ancha xarakterlidir. Asar liro-epik yo‘lda yozilganligi sabab lirik “men” yarq etib ko‘zga tashlanavermaydi. Lekin asar qurilishiga chuqurroq razm solsak, o‘tmish, bugun, kelajak bilan bog’‘liq voqyea va o‘ylar lirik “men” obrazi atrofiga uyushadi. Аста ваҳшатлардан покланар дунё, Инсоннинг қалб қуёши ўчмас. Ҳадик солмас элга мудҳиш рўё, Дол Қоя устида қузғунлар учмас. Ўтмишу келажак — бус-бутун. Тарихнинг қаъридан келар садолар: Набиралар бахти, камолоти учун Яшасин дунёда ҳамма боболар! E`tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |