Аsoslari Darslik


 Jag‘li maydalagichlarning tuzilishi va ihlash tartibi



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/110
Sana07.07.2022
Hajmi28,33 Mb.
#752321
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
2 5422711955720765725

3.6. Jag‘li maydalagichlarning tuzilishi va ihlash tartibi 
Jag‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va o‘rta maydalash 
uchun ishlatiladi. Jag‘li maydalagichlarda rudani maydalash qo‘zg‘oluvchi va 
qo‘zg‘almas yuzalar (plitalar) orasidagi bo‘shliqda ezilish, qisman parchalanish va 
sinish natijasida sodir bo‘ladi. 


35 
Ruda yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va ularning 
yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo‘zg‘oluvchi yuza 
har safar qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda bo‘shatish tuynugi orqali tushirib 
olinadi. 
Jag‘li maydalagichlar sanoatda oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib 
ishlab chiqariladi. Bu yuz sharnirli o‘q yoki ekstsentrik valga osilgan bo‘lib, 
qo‘zg‘almas yuzga gox yaqinlashib, gox undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi.
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo‘llanilib, ikkinchi turdagisi 
esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uchun tayyorlanadi. 
Tebranuvchi harakatni yuz uzatuvchi mexanizm orqali ekstsentrik valdan oladi. 
Murakkab harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuz 
uzatuvchi ekstsentrik valga sharnir orqali osilgan bo‘lib, uning pastki qismi esa 
tirgakli plita orqali sharnirga ulangan. 
10-rasm.
Jag‘li maydalagich
Jag‘li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo‘shatish 
tuynugining kengligi (yuzlar orasidagi minimal masofa) bilan aniqlanadi. 
Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda rudani va boshqa mahsulotlarni 
yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qo‘zgaluvchi yuzli 
maydalagichlar keng qo‘llaniladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda 
tuzilishga va uncha katta bo‘lmagan balandlikka ega bo‘lib, ular ishlashda 
ishonchli hisoblanadi. 


36 
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagichning korpusi 
(qutisi) old 1 , orqa 8 va ikkita yonbosh 16 devorlardan iborat. Oldingi devor 
qo‘zg‘almas yuz rolini o‘ynaydi. Qo‘zg‘aluvchi yuz ikkita podshipnikka tayangan 
o‘q ga osilgan. 
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh 
devorlarining ichki yuzasi marganetsli po‘lat yoki toblangan cho‘yandan yasalgan 
almashinuvchi plitalar 2 bilan qoplangan. Podshipniklarga mahkamlangan 
ekstsentrik val 6 ga vertikal yo‘nalishda qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi 
shatun 7 ning boshi o‘rnatilgan. Shatunning teshiklarida vkladishlar 14 bo‘lib, ular 
tirgakli plitalarning uchlari 12 va plitalarning ikkinchi uchlari 15 vkladishga 
o‘rnatilgan. 
Shatun yuqoriga harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va 
qo‘zg‘aluvchi yuz qo‘zg‘almas yuzga yaqinlashadi. Bunda mahsulot ezilish, 
qisman esa siljish va bukilish hisobiga maydalanadi. Deformatsiyaning siljish va 
bukilish kabi turlari qoplovchi plitalar yuzasining qirraligi bilan tushuntiriladi. 
Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qoplanadi. Shatun 
pastga harakatlanganda qo‘zg‘aluvchi yuz og‘irlik kuchi va tyaga orqali buferli 
prujina 10 ta’sirida qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashadi. Bunda maydalangan 
mahsulot to‘kiladi. 
Bo‘shatish tuynugining kengligini o‘zgartirish boshqaruvchi ponalar yordamida 
yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi. Val 6 ga ikkita 
maxovik (g‘ildirak) 5 o‘rnatilgan. Maxoviklarning biri shkiv rolini bajaradi. 
Jag‘li maydalagichlar elektrodvigatel 9 dan ponasimon tasmali uzatma 
(klinoremennaya peredacha) orqali harakatga keltiriladi. 
Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan
qo‘zg‘aluvchi yuzning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent moy 
bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka avtomat ravishda ishlaydigan 
stantsiyadan tushadi. Bu stantsiya bakdan, yog‘ nasosi, elektrodvigatel, filtr-
sovutgich va kontrol-o‘lchov apparatlari (termometr-rele, bosim relesi, monometr 
va h.k) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qo‘lda moy 
stantsiyalaridan beriladi. 
Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar qo‘llanila 
boshlandi. Qo‘zg‘almas yuza 1 maydalagich staninasining bir qismi hisoblanadi. 


37 

Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish