40
devordan uzoqlashadi. Yarim aylanishdan so‘ng maydalovchi konusning holati
qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng
devordan o‘zoqlashadi.
Qo‘zg‘aluvchi konusning qo‘zg‘almas konusga
yaqinlashuvida mahsulot
maydalaniladi.
B - qabul qilish tuynugining kengligi;
v - bo‘shatish tuynugining kengligi;
S - maydalagich tuynugining eng kichik o‘lchami.
Jag‘li maydalagichdan farqli o‘laroq konusli maydalagichlar uzluksiz ishlaydi,
chunki konus yuzasining qaysidir qismi hohlagan vaqtda yaqinlashib mahsulotni
maydalaydi. Uzluksiz ishlash maydalagich mexanizmlarini va elektrodvigatel
uzatmalarini zo‘riqtirmaydi.
Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar
yuqori mehnat
unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo‘qligi, ancha yuqori maydalanish
darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir
tekisligi kabi bir qator
afzalliklarga ega.
O‘rtacha maydalash darajasi 3-4 ga teng. Ularning kamchiligiga tuzilishining
murakkabligi, bo‘yining balandligi kirib, ular maydalagich tayyorlashni va
ta’mirlashni qimmatlashtiradi. Yana bir kamchiligi yopishqoq va loyli
mahsulotlarni maydalashga yaramaydi.
Belgilangan vazifasi va maydalash jarayonining xususiyatiga qarab ikki turdagi
konusli maydalagichlar mavjud: osilma valli va tikka maydalovchi konusli (yirik
maydalash uchun); konsol valli va qiya maydalovchi konusli (o‘rtacha va mayda
maydalash).
O‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladigan maydalagichlarning
harakterli xususiyati ularda maydalovchi konusning qiya shaklda bo‘lishidir.
Agar yirik maydalovchi maydalagichlarda maydalagich konus o‘qining og‘ish
burchagi 20-30
0
bo‘lsa, o‘rtacha va yirik maydalagichlar uchun 80-100
0
ni tashkil
qiladi.
O‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlar
yirik maydalovchi
maydalagichlardan tezyurarligi bilan farq qiladi. Maydalagichning o‘lchamiga
qarab o‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlarning maydalovchi
konuslarining tebranishlar chastotasi 215-350 min
-1
, yirik maydalovchi
maydalagichlarda esa atigi 80-170 min
-1
. ni tashkil qiladi.
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlar yuklovchi va bo‘shatuvchi
tuynuklarining kengligi bilan harakterlanadi. Masalan,
maydalagich yuklovchi
tuynugining kengligi 1200 mm, bo‘shatish tuynugining kengligi 150 mm bo‘lsa, u
yirik maydalovchi maydalagich KKD-1200/150 deb yuritiladi.
41
Yirik maydalovchi maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuzli
maydalagichlarga o‘xshab, birinchi navbatda ularning o‘lchamiga va iste’mol
qiladigan quvvatiga bog‘liq. O‘lchamlari bir xil maydalagichlarda ishlab chiqarish
unumdorligi konusning tebranish chastotasi va maydalangan mahsulotning
yirikligiga bog‘liq.
Maydalagichga bir xil yiriklikka
ega mahsulot solinib, maydalangan mahsulot
qancha mayda bo‘lsa, uning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: