SHAXSNINIG KASBIY SHAKLLANISH JARAYONIDA SHAXSLARARO ZIDDIYATLAR
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
|
O’qituvchi
|
Talabalar
|
1-bosqich.
Kirish (10 min.)
|
O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi. O’qitish guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olib borilishini e’lon qiladi.
O’qituvchi “Shaxsninig kasbiy shakllanish jarayonida shaxslararo ziddiyatlar” mavzusini o’rganishda “MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA- KETLIGI” metodidan foydalanishdagi asosiy maqsad va uning qonun-qoidalari bilan tanishtiradi (1-ilova). Mavzu bo’yicha savol-javob olib borishda “MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI” metodidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishtiradi. Talabalarga mavzu bo’yicha topshiriq beriladi (2-ilova).
|
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradilar, o’tilgan mavzu bo’yicha fikr
almashadilar.
Yangi pedagogik texnologiya va interfaol metodlar bilan tanishadilar.
|
2-bosqich. Asosiy (20 min.)
|
2.1. Talabalar 3 guruhga ajratiladi. O’qituvchi muhokama uchun savollar tarqatadi (3-ilova). Vazifa butun guruh tomonidan bajarilishini e’lon qiladi. Vazifani bajarishda darslik, ma’ruza matnlari va boshqa qo’llanmalardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi. O’quv natijalarini
eslatadi. Guruhlarda ishlarni boshlashni e’lon qiladi.
|
O’quv topshiriq- larini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar.
Vazifani bajaradilar
|
3-bosqich. Taqdimot (45 min.)
|
3.1. Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o’zaro baholashni tashkil etadi. O’qituvchi Javoblarni sharhlaydi, bilimlarni umumlashtiradi, vazifani bajarish
jarayonidagi asosiy xulosalarga e’tiborni qaratadi.
|
Guruhlar taqdimot qiladilar.
Guruh a’zolari baholanadi.
|
4-bosqich. Yakuniy (5 min.)
|
Mashg’ulotga yakun yasaydi, faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi. Kelajakda amaliyot va o’quv faoliyatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
Tinglaydilar, aniqlashtiradilar.
Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova
“Shaxsninig kasbiy shakllanish jarayonida shaxslararo ziddiyatlar” mavzusini o’rganishda
“MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI” METODI
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» metodi biror mavzu yoki uning bir qismi haqida tinglovchilarga zarur ma’lumotlar berilganidan so‘ng ularning berilgan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirib ko‘rish, olgan
bilimlarini mustahkamlash, shuningdek tinglovchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu metoddan, asosan, mashg‘ulot yakunida ѐki mashg‘ulotning bir qismi ko‘rib chiqilgandan so‘ng foydalanish mumkin.
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |