Yana bir marta ta’kidlab oʻtish kerakki, talabalarning ichki motivatsiyasini ragʻbatlantirishning oson va kafolatlangan usulu yoʻq. Ta’lim sohasidagi ayrim ekspertlarning fikriga qaraganda individual yoki guruhlarda amalga oshiruvchi oʻqituvchilarning motivatsiyaga ta’sirini pessimistiktarzda baholaydilar.
Biggsning (1993) ta’kidlashicha universitet ta’limi tizimning ma’lum bir qismi hisoblanadi va bu tizim oʻzgaruvchanlikka qarshi xususiyatga ega boʻlib, balans holatini qanoatlantirishga moyil emas. Bu shuni anglatadiki, talabalarning oʻqishga yondashuvi hamda motivatsiyasi oliy ta’lim tizimi jihati bilan belgilanib
beriladi (Duff, 2004). Talabalarning ilm olishga qiziqishlarini fanlarni takomillashtirish bilan birgalikda amalga oshirilishi samaraliroq natijalarni ta’minlab beradi. Boshqa jihatdagi yondashuvlar oʻzgarishga qarshi sifatida baholanadi.53
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslik.
Psixologik nuqtai nazaridan D.MakKlellandning nazariyasiga yaqin nazariya Dj.Atkinsonnikidir. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshqa bir ehtiyoj – mag‘lubiyatdan qochish bilan birgalikda qaralmog‘i lozim. Biror narsaga erishishga kuchli ehtiros xis qilgan odamlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, va aksincha. Bunday motivatsiyasi kuchsiz bo‘lganlar esa mag‘lubiyatdan qochishni ko‘proq o‘ylaydiganlardir. Ikkala nazariya asosida mualliflar birgalikda sub’ektiv jihatdan ma’qul ko‘riladigan tavakkal qilish nazariyasiga asos solishdi. Amaliyotdan ma’lum bo‘ldiki, samarali rahbarlar hech qachon juda yuqori darajada ham, o‘ta past darajada ham tavakkal qilmas ekanlar. Ular o‘z faoliyatlarida tavakkalning maqbul, o‘rtacha darajasida faoliyat yuritib, oldindan muvaffaqiyatsizliklardan o‘zlarini asrar ekan. Noaniqliklar ko‘p, tavakkal qilishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan doimo iloji boricha o‘zlarini olib qochishar ekan. SHu bois ham ularda mag‘lubiyatga uchrash kam bo‘ladi.
Odamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik ma’nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan tahlil qilinganda, “affiliatsiya” tushunchasi biroz farq qiladi.
rasm
53 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 184.
Oxirgi vaqtlarda affiliatsiya motiviga e’tibor ortmoqda. So‘zning ma’nosi inglizcha to affiliate – birlashmoq, birlashtirmoq, insonni boshqa odamlar davrasida bo‘lishga intilishi ma’nosini bildiradi.
Myurreyning ilmiy izlanishlarida: “...Affiliatsiya deganda har ikkala tomonga ijobiy ta’sir etuvchi o‘zaro muloqot mazmuniga ega ijtimoiy ta’sirlarning ma’lum turi, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va bog‘lanishni his etish, guruhlarga birlashish” kabi motivatsiya sifatida talqin etiladi.
Maslou fikriga ko‘ra, affiliatsiya motivi insoniyat ehtiyojlari ierarxiyasining eng yuqori darajasiga mansubdir. Ammo shu bilan birga insoniyat tabiati uchun birinchi darajali va fundamental motiv hisoblanib, odamlar bilan o‘zaro ta’sir doirasidagina rivojlanishi mumkin.
Megrabyan affiliatsiya motivining ikki xil tomonini ajratib o‘tadi: affiliatsiyaga ehtiyoj (simpatiya, muloqotdagi qo‘llab-quvvatlash) va rad etilishdan qo‘rqish (muloqot o‘rnatilmasligi yoki rasmiyligicha qolishi).
X. Xekxauzen fikricha, affiliatsiyaga ehtiyoj universal hisoblanib, yosh, gender va etnik mansublikdan qat’iy nazar barcha insonlarga xos ehtiyojdir.
Motivatsiya talaba xulq-atvori hamda akademik maqsadlariga chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Ammo amalga oshirilgan ma’lum izlanishlar ushbu holatga toʻgʻri kelmaydigan ayrim natijalarni ham qayd etdi. Shuningdek, tadqiqotlarga binoan talabalarning ichki motivatsiyasi ta’lim olish jaroyonida shakllanishi ham mumkin ekan.54
Ammo ushbu ehtiyojning xarakteri va mazmuni ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv sharoitlari va ma’naviy tomonlarga bog‘liq.
Klassik va zamonaviy psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, affiliatsiya motivi o‘z ichiga insonlar bilan muloqot o‘rnatishga ehtiyoj, guruh a’zosiga aylanish, atrofdagilar bilan o‘zaro ta’sir doirasiga kirishish, yordam ko‘rsatish va qabul qilish kabi ehtiyojlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Affiliatsiyaga yo‘nalganlik tushunchasi ilk marotaba A.Megrabyan S.Kshesinskiylar tomonidan ijtimoiy psixologiyaga kiritilgan.
Atoqli xorijiy psixologlar maktabi doirasida affiliatsiya motivi bevosita va bavosita yondashishlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin mahalliy sharoitda sof ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bu borada hali olib borilmagan.
YUqoridagi fikrlar umuman shaxs xulq–atvorining motivlariga oid fikrlar bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya o‘z predmeti nuqtai nazaridan ijtimoiy xulq motivlariga alohida e’tiborni qaratadi. Bu masalaga oid dastlabki yaxlit nazariyalar fanda yigirmanchi asrning 50-chi yillarida paydo bo‘ldi va Vill SHuts nomi bilan bog‘liq. Uning nazariyasi rossiyaliklarning adabiyotlari “interpersonal xulqning uchlamchi nazariyasi” (trexmernaya teoriya interpersonalnogo povedeniya)55 nomi bilan qayd etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish, nazorat va ochiqlik.
54 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 188.
55 Битянова М.Р. Социальная психология: Учебное пособие. 2 - е изд.,– СПб.: Питер, 2008. С. 150
Do'stlaringiz bilan baham: |