08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
69/232
binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan yoxud taftish
o‘tkazuvchi shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini to‘ldirishni rad etgan
taqdirda,
hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish
o‘tkazuvchi shaxslardan olish;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan
surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo‘shimcha
yoki qayta taftish tayinlash
to‘g‘risida iltimosnoma kiritish yo‘li bilan shikoyat qilish.
(187 -modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
taftish o‘tkazuvchi shaxslarni taftish o‘tkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o‘tkazuvchi
shaxslarning qonuniy talabiga ko‘ra taqdim etishi;
taftish o‘tkazuvchi shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishida ularga ko‘maklashishi shart.
187 -modda. Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini
inventarizatsiyadan o‘tkazish;
taftish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya
hisobi va moliyaviy
boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda
boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
(187 -modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish to‘g‘risida
surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
(187 -modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-
sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga harakatlarni
bajarish.
(187 -modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Taftish o‘tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor
shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘z vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnomani
taqdim etishi;
taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o‘tkazish
haqidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki
vakiliga imzo qo‘ydirib topshirishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
10
11
11
11
11
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
70/232
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi va
faoliyatining to‘xtatib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan qonunchilikda
nazarda tutilgan hollar
mustasno;
(187 -modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni
oshkor etmasligi;
Oldingi
tahrirga qarang.
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan
bosqichida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini
yoki vakilini xabardor
qilishi;
(187 -modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda
to‘ldirishi;
(187 -modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani
rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini
tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralarini
ko‘rishi shart.
(187 -modda uchinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: