23602 — Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 — Chiqarilgan jamg’arma sertifikatlari
23606 — Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608 — Chiqarilgan veksellar
23610 — Chiqarilgan boshqa qimmatli qog’ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning dabetidan so’ndirilganda yoki so’ndirish muddatidan oldin qimmatli qog’oz egalaridan qayta sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatidan ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696 «Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha mukofot» hisobvarag’ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida qimmatli qog’ozlar so’ndirilganda yoki qimmatli qog’ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda, hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatidan past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23698 «Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha diskont» (kontr — passiv) hisobvarag’ida hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatidan past bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog’ozlar so’ndirilganda yoki qimmatli qog’ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda, hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks ettiriladi.
Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob qimmatli qog’ozlarning turi, muddati va chiqarilish navbati bo’yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizli harajatlar quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisobvaraqning debetida to’langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan hisoblangan foizli xarajatlar, kreditidan noto’g’ri hisoblangan foizlar, mukofot, shuningdek yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 - hisobvarag’iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Ta’kidlash joizki, Respublikamizda banklar faoliyati bankning nazorati ostida Xalqaro Bazel qo’mitasi qoidalariga asoslangan jahon bank qonunchiligi va iqtisodiy me’yorlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Xususan, banklarning qimmatli qog’ozlar bilanoperatsiyalarga ma’lum cheklanishlar, masalan, bankning moliyaviy institutlardan tashqari korxonalar ustav kapitalining 20 foizidan ortig’iga ega bo’lmaslik: bankning oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog’ozlarga quyilmasi hajmi birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmaslik shartlari ko’yilgan. Ushbu cheklanishlar banklar faoliyatida riskni kamaytirishga, bank aktivlarini diversifikatsiyalashga, moliyaviy va likvidlik holati belgilangan me’yorlar doirasidan chiqib ketmasligiga, pirovard natijada esa bank omonatchilari va kreditorlarining mol-mulkini himoya qilishga qaratilgandir.
Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish amalga oshirilayotgan joriy davrda aktsiyadorlar huquqi himoyasini ta’minlashga qaratilgan - aktsiyadorlik banklari, ularni boshqaruvchi organlar faoliyatini belgilash, shuningdek, kichik va o’rta biznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |