1.2.Valeriana dorivor o‘simligini o‘stirish texnologiyasi. Dorivor valeriana –Yaleriana officihalis L Yaleriahaceae valerianadoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 2 metrgacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizpoyasidan birinchi yili ildizoldi to‘p barglari, ikkinchi yildan boshlab poyasi o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘sadi.Shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan. Barglari oddiy, 4-11 juft bo‘lakchalardan iborat toq patli ajralgan bo‘lib poyada bandlari (ildizoldi barglari uzun bandli, poyasidagilarniki yuqoriga ko‘tarilgan sari bandi qisqarib boradi) yordamida qarama –qarshi joylashgan. Barg bo‘lakchalari chiziqsimon yoki tuximsimon, yirik tishsimon qirrali. Oq yoki pushti rangli xushbo‘y mayda besh bo‘lakli gullari yirik ro‘vak to‘p gulliga joylashgan. Mevasi cho‘ziq tuximsimon, och qo‘ng‘ir rangli. May-avgust oylaridagullaydi, mevasi iyunsentabrda yetiladi. Ko‘p yillik valeriana Finlyandiya chegarasidan Sharqqa tomon tarqalgan. Janubda areali Moldaviyagacha o‘tadi. Ulyanov viloyatlarida asosan o‘tli va torfli botqoqlarda kanal vasuv bo‘ylarida o‘sadi.
O‘toq qilinadi, agrotexnika tadbirlar qo‘llaniladi. Xomashyo yig‘iladigan asosiy diqqatni gulto‘plamlarni yo‘qotishga qaratish kerak. Undan umumiy gullash davri to‘pgullarni yer ustki 10-15 sm balandlikda o‘rish orqali yo‘qotiladi, Valeriana o‘simligini zararkunandalardan saqlash uchun ekishdan oldin kam dozada ximikatlar bilan ishlab chiqiladi. Xomashyo oktabrda yig‘iladi. Chunki ildizlarning o‘sishi butun kuz davom etadi.Ildizlari yuvilib 15-20 sm qalinlikda stelajlarga yoyib, yaxshi shamollatiladigan xonalarda 2-3 havta quritish uchun qo‘yiladi.Preslangan xom ashyoni saqlash muddati 3 yil.
II. BOB. DORIVOR VALERIANA XOMAShYoSINI DASTLABKI SAQLASh TEXNOLOGIYaSI. 2.1. Dorivor valeriana o‘simligi xomashyosini terish, tayyorlash va saqlash texnologiyasi. Dorivor valeriana ildizi ikkinchi yili yetishtirishning oxirida ya’ni oktabr oyida yigib olinadi. Buning uchun kartoshka kovlagich agregatidan foydalaniladi.
Bu agregat ildizini kovlab oladi va kisman tuproklardan tozalanadi.
Ildizni tuprokdan tozalashda tuprok namligi asosiy urnini egallaydi.
Ildiz kovlashda tuprok namligi tuprok namsizlikka nisbatan 6065% bulganligi ma’kul. Shunday namlikda tuprokning ildiziga yopishganligi kam buladi. Ildizni kovlash agregati T-40 yoki Belarus traktoritrkalgan xolatda ishlatiladi. Kovlash chukurligi 15-20 sm bulish kerak. Kovlangandan keyin ildiz kulda terib uyuumlarda tuplanadi.