Maxsulotning mikroskopik tuzilishi.
Sovuq yo‘l bilan (suv va glitserin aralashmasida) yumshatilgan ildizni probka orasida ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. So‘ngra uni xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskopning katta ob’ektivida ko‘riladi.
I ldiz birlamchi tuzilishda bo‘lib, tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari cho‘ziqroq bo‘ladi. Epidermis tagida bir qator efir moyi saqlaydigan yirik xujayrali gipoderma joylashgan. Ba’zan po‘stloqning parenxima xujayralarida ham efir moyi tomchilari bo‘lishi mumkin. Po‘stloqning parenxima xujayralarida oddiy yoki ikkibosh tagacha murrakab, kattaligi 3-20m keladigan kraxmal donalari bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Valeriana preparatlari nerv sistemasini tinchlantirish
(uyqusizlikda, nev qo‘zg‘alishi davrida va boshqa nerv kasaliklarida) hamda yurak faoliyatini boshqarish uchun ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibi
Valeriana o‘simligining ildiz va ildizpoyasi tarkibida 0,5-2% efir moyi va sof xolda izovalerian kislota bo‘ladi.
Valeriananing efir moyi asosan ingichka idizlarda, izovalerian kislota esa yo‘g‘on va qari ildizpoyalarda ko‘proq bo‘ladi. Bu moy tarkibida izrvalerian kislotaning borneol spirti bilan hosil qilgan murrakab efiri-bornilizovaleriant, shuningdek, borneolning sirka, chumoli kislotalar bilan xosil kilgan murrakab efiri hamda terpineol, pinen, kamfen, azulen, kessil spirti (proazulen), limonen, sof xoldagi borneol, izovalerian kislota va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Mahsulot tarkibida efir moyidan tashqri, 0,01% ga yaqin alkaloidlar (xatenin, valerin, aktenidin va boshqalar), uchuvchan asoslar, valerid glikozid, pochul spirti, oshlovchi moddalar, saponinlar, kandlar, sirka, olma, stearin, chumoli, palmetin va boshqa kislotalar bo‘ladi. Yangi yig‘ilgan ildizda a-metilperril ketoni uchraydi. Valeriananing yangi ymg‘ilgan yer ostki organlari tarkibida valepotriatlar (0,5-2% miqdorda0 bo‘ladi.
Valepotriatlar seko-iridoidlarga kiradi. Ular
polioksisiklopentapiranning izovalerian, sirka, izokapron va Vasetoksiizovalerian kislotalari bilan xosil qilgan efirlari bo‘lib, nam ta’sirida tez parchalanad. Valepotriatlardan valtrat, izovaltrat, digidrovaltrat, valexlorin, valeridin, asevaltrat va boo‘kalar ajratib olindi va o‘rganildi. Valeriandan ajratib olingan iridoid glikozid valeroksidat hamda kanokozit (A,V,S va D)lar ham valepotriatlarga kiradi. Mahsulotni quritish vaqtida valepotriatlar parchalanib ketib, tegishli kislotalar va baldrinal nomli birikma xosil qiladi.
Valeopotriatlarning organizmga ta’siri yetarli o‘rganilgan emas. Lekin ular ham farmakoligik jihatdan valeriananing ta’siriga ega bo‘lgan moddalarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |