Asosiy qism. Farg’ona mintaqasi ma’muriy tuzilishi va geografik o’rni



Download 1,14 Mb.
bet3/16
Sana31.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#623311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Farg’ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari.

ANDIJON —Andijon viloyatidagi shahar. Viloyatning mahmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O’zbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. SHahar Farg’ona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon sh. shim.-g’arbdan Oltinko’l tumani g’arbdan Buloqboshi tumani va jan.-sharqdan Andijon tumano’ b-n chegaradosh. SHaharda 48 zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari ishlab turibdi. «Andijonmash», «Andijonirmash» kabi aktsiyadorlik jamiyatlari paxta z-dlari uchun uskunalar, q.x. mashinalariga ehtiyoj qismlar, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va b. anjomlarni ishlab chiqaradi. A.da ishlab chiqarilgan dizelg’ va nasoslar, universal yuklagichlar boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. A. korxonalari elektronika («Elektrodvigatelg’», «Elektroapparat» aktsiyadorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. «Biokimyo» z-dida etil spirti, efiroaldegidnal fraktsiya, uglekislota va chorva ozug’i tayyorlanadi (q. Andijon biokimyo zavodi). Tikuvchilik va poyabzal f-kalari bor. Mahalliy sanoat korxonalari ham poyabzal, bezakli gazlama, mebelg’ va uy-ro’zg’or buyumlari i. ch.ga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari rivojlangan. SHaharda 50 qo’shma korxona mavjud (AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi,Rossiya,Italiya,Qirg’iziston va b. b-n hamkorlikda). Ulardan 5 tasi «O’zDEUavto» qo’shma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. SHaharda yildan yilga yangi qo’shma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksportbop mahsulotlar i. ch. yo’lga qo’yilmoqda. SHaharda 3000 taga yaqin kichik va o’rta biznes subhektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ullanuvchilar bor: Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari rivoj topdi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, Bobur nomi berildi (1991) va bu yerga uning ot minib turgan haykali o’rnatildi. Maydon atrofida Oxunboboev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan. SHahar markazidan o’tgan eng katta ko’cha — Alisher Navoiy shoh ko’chasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogi 1999—2000 y.larda qayta tahmirlanib, sharqona shaklda «Ark» darvozasi bunyod etildi. Bog’ ichida ramziy burgutga uyg’unlashtirib qurilgan tomosha inshooti —amfiteatr nihoyatda mahobatli ko’rinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari shu yerda o’tkaziladi.
XONOBOD (1972—91 y.larda Sovetobod) — Andijon viloyatidagi shahar (1972 y.dan). Qoradaryoning o’ng sohilida. T.y. stantsiyasi (Xonobod). Viloyatning sharqida joylashgan. Viloyat markazi (Andijon sh.) dan 80 km. Aholisi 35,9 ming kishi (2004). Qo’qon xonligi davrida bu hudud «Beshkapa» deb yuritilgan. Mahalliy rivoyatga ko’ra, Qo’qon xonlari X. atrofidagi to’qayzorlarga kelib shikor uyushtirib dam olishni xush ko’rganlar. SHu bois bu hudud obodonlashtirilgan (shahar nomi shundan). 1969 y. Qoradaryoda Andijon suv ombori qurilishining boshlanishi bilan X.da aholi soni ko’paydi. SHaharda «Suv qurilish jihozlari», «Andijon GES», «Elektronika», «Tarandubitelg’» korxonalari, 2 avtokorxona, «XonBugda», «O’zKOJI», «Andijonkabelg’» qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Aloqa uyi, «Xotira maydoni», 2-jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik, Alisher Navoiy va Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’lari, Fozilmonota ziyoratgoxi, raqs va kulgi maydoni mavjud.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish