NAMANGAN — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning mahmuriy,
iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni bo’yicha Farg’ona vodiysida oldingi o’rinda. O’zbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Farg’ona vodiysining shim.da, SHim. Farg’ona kanali b-n Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Mayd. 83,3 km2. Aholisi 395,8 ming kishi (2003). Farg’ona vodiysining qad. Poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 y.dagi qattiq zilzila natijasida vayron bo’lganligi sababli, uning aholisi hoz. Namangan sh. hududiga ko’chib o’tgan. N. tuz koni («Namak kon») yaqinida vujudga kelgan bo’lib, shahar nomi o’rta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi.
SHaharni elektr energiya b-n to’la tahminlash maqsadida 1946 y. Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 y.da markaziy ekskavator st-yasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, bulg’dozer kabi q.x. mashinalari tahmirlandi. O’rta Osiyoda yagona elektrotexnika z-di (sanoatda va ro’zg’orda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi. N. respublikaning yengil va oziq-ovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda O’zbekistonning to’qimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik to’qimachilik korxonalari kurildi. SHaharda 36 qo’shma korxona mavjud. SHulardan, O’zbekiston—Yaponiya «Silk Road», O’zbekiston—SHveytsariya Nestle», O’zbekiston — Turkiya «Asnam Tekstilg’» va b. qo’shma korxonalarning xissasi salmoqlidir. «Atlas», «Noto’qimachi», «Namangango’shtsutsanoat», «Namanganekstraktyog’», «Namanganmebelg’», «Namangandonmahsulot», «Mehmash», «Karbonam», korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. SHaharda 400 dan ziyod kichik va o’rta biznes subhektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay o’zgarib ketdi. Ilgarigi tor ko’chalar o’rnida keng va ravon yo’llar bunyod etildi. «Boburshoh», «Do’stlik», «Marg’ilon», «Oromgoh», «Uychi» ko’chalari tubdan qayta tahmirlandi.
Namangan azaldan o’zining hunarmandchiligi b-n nom qozongan. SHaharning turli
burchaklarida kichik bozorchalar bo’lib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar o’z mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 y. ichida bu bozorlar o’rnida «CHorsu», «Do’stlik», «Taxtako’prik», «SHohbekat», «Jahon» singari zamonaviy bozorlar qad ko’tardi. SHahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, «Tinchlik» maydoni, Mashrab nomidagi bog’ bunyod etildi. Bobur bog’i hududida «Xotira» maydoni barpo qilindi. Boburshoh ko’chasida akademik litseyning o’quv binosi va yotoqxonasi, Do’stlik ko’chasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. San’at, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta tahmirlandi va jihrzlandi. SHahar markazida tez tibbiy yordam ko’rsatish markazi, endokrinologiya, «Ona va bola» markazlari, ko’pgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushirildi.
Namangan viloyati – Mintaqa xo’jaligining tarkibi, ixtisoslashuvi, shaharlar to’ri va tizimida o’z aksini topadi. 2016 yilda hududda jami 128 ta shahar aholi manzilgohi bo’lgan va ularda 1.6 mlndan ortiq aholi yashagan. Ularning 124 tasi kichik, 3 tasi o’rta, 1ta yirik shaharlardan iborat bo’lgan 2006 yilda jami shaharlarning 89.4 foizini tashkil etgan kichik shahar va shaharchalarda aholining 38.8 foizi, o’rta shaharlarda 8.3 foizi, 5.2 foizni tashkil etuvchi yirik shaharlarda 52.8 foizi yashagan bo’lsa, 2015 yilda ularda mos holda 59.1; 10.9 va 29.9 foiz aholi to’plangan. Viloyatning urbanistik tarkibi assimmetrik ko’rinishga ega; bu erda fakat bitta katta shahar - Namangan bor, xolos . Viloyat markazida 2016 yil boshida 493.3 ming aholi bo’lgan. Viloyatning ―ikkinchi‖ shahri Chustda - 71,3 ming atrofida, Chortoqda 54.7, Kosonsoyda 52.2 ming aholi joylashgan. Pop, Turaqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Uychi, Yangiqo’rg’on ―yarim o’rta‖ shaharlar sinfiga mansub (20,0-50,0 ming kishi). Qolgan barcha 119 ta shahar va shaharchalarning aholisi 20 mingdan ko’p emas. Shu o’rinda Namangan shahri demografik rivojlanishiga alohida to’xtab o’tmoq zarur. Sababi so’ngi yillarda bu shahar o’ziga xos ―Namangan tezligini‖ namoyon qilmoqda. Yaqin yillargacha u aholi soni bo’yicha respublikamizning ikkinchi, poytaxt - Toshkentdan keyingi pog’onani egallovchi shahri bo’lib qolgan edi
Aholining asosiy qismini o‘zbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va boshqa millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi.
Namangan viloyati respublika ishlab chiqarish va madaniy taraqqiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. Namangan viloyatida 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan — mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, g‘isht, yog‘-yekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino zavodi, pivo, "Namangan salqin ichimliklari", "Rohat", "Namangankonserva", "Shirinlik", "Kosonsoykonserva" korxonalari), kimyo, "Yelektroterm" ishlab chiqarish birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar kombinati, badiiy buyumlar fabrikasi va h.k.mavjud. shuningdek bir qancha qo‘shma korxonalar bor. Viloyat qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i — paxtachilikdir.
Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chust shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xo‘jaligi qurollari ishlab chiqariladi, do‘ppido‘zlik, kashtachilik bilan shug‘ullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar to‘o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |