Qarshi shahar Maktabgacha ta`limi bo’limi
DMTT tarbiyachisi
ABDUHAKIMOVA FAYOZANING
“TEATR BINOSINIQURAMIZ” MAVZUSIDA O’TKAZILGAN
Mashg‘ulot: Qurush-yasash va matematika
Mavzu: Teatr binosi qurish.
Maqsad: Bolalarda ikki-uch qismli piramidalar yig‘ish, ularni katta-kichikligiga qarab ustma-ust qo‘yib, teatr binosi qurish-yasashga o‘rgatish. Bolalarda katta yoshdagi kishilar nutqini tinglash va tushunish, kattalar va tengdoshlari bilan muloqatga kirishish, predmetlar va ularning bo‘laklarini nomini bilishga o‘rgatish. Ranglarga ajrata bilish va teatr binosi bo‘laklarini,talashmasdan,urushmasdan harakat qilish ko‘nikmasini bolalar ongida shakllantirish.
Kutiladigan natija: Bolalalar teatr binosi qurish tartib qoidasini bilib oladilar, katta va kichik qismlarni solishtirishga o‘rganadilar.
Jihoz: Teatr binosi rasmi , 3 qismdan iborat piramidalar, kubiklar va Bilmasvoy obrazi uchun kiyim –bosh , xoltacha va boshqa narsalar
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalar oldiga borib, gilamcha ustiga kubiklarni tashlaydi. Keyin bolalar bilan kubiklarni ustma-ust qo‘yish malakasini shakllantiradi. Bolalar kubiklarni ustma-ust qo‘yib o‘ynab o‘tiradilar. Shu payt eshik qoqiladi. Tarbiyachi eshikni ochib qarasa Bilmasvoy eshik oldida turgan bo‘ladi. Bilmasvoy xoltacha ko‘targan. Uning xoltachasida rangli halqachalar (piramidalar) solingan bo‘ladi. Tarbiyachi Bilmasvoyga salom berib, guruhga kirishni taklif qiladi .So‘ngra Bilmasvoy guruh xonasiga kiradi va bolalar bilan salomlashadi. U tarbiyachiga xoltachasidagi halqachalardan teatr binosi yasab bilmayotganligini aytadi. Tarbiyachi Bilmasvoyni bolalar yoniga o‘tirishga taklif qiladi.
-Tarbiyachi:-Bilmasvoy hozir men senga teatr binosi rasmini ko‘rsataman. Mana teatr binosi rasmi. U uzunchoq shaklda. Uning ranglari chiroyli. Dumaloq,dumaloq halqachalardan yasalganga o‘xshaydi.
- Bilmasvoy: -opajon mening xoltachamda ham dumaloq halqachalar bor.
-Tarbiyachi:-Unday bo‘lsa xoltachadagi o‘yinchoqlaringni o‘rtaga tashlachi?
-Bilmasvoy o‘yinchoqlarini o‘rtaga tashlaydi .
-Tarbiyachi: –Voy bolalar, Bilmasvoy sariq, qizil, ko‘k rangdagi halqachalarni olib kelibdi. Qani endi hammamiz birgalikda, ushbu halqalardan Bilmasvoyga teatr binosi qurish-yasashni o‘rgatamiz. Tarbiyachi bolalar oldiga kelib, rangli halqachalardan kattasini oladi, uni dumaloq shaklda ekanligini aytadi. Endi bu halqachaning ustiga,undan kichikroq bo‘lgan halqachani qo‘yamiz. –Bolajonlar teatr binosi yasash uchun menga yana bitta halqacha kerak.(Bolalar tarbiyachiga yordamlashadilar .) Tarbiyachi bolalardan olgan kichik halqani, ustma-ust qo‘yadi va teatr binosi yasaydi
-Bilmasvoy: -Voy! men ana shunaqa teatr binosi yasashni hoxlagan edim –deydi.
-Tarbiyachi:-Bilmasvoy! unday bo‘lsa kel, sen ham bolalar bilan birgalikda, rangli halqachalardan foydalanib teatr binosi yasashni o‘rganib ol. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda teatr binosi yasaydilar. Bilmasvoy ham teatr binosini mustaqil tayyorlab ko‘radi. U bolalarga va tarbiyachiga raxmat aytib, guruhdan chiqib ketadi . So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini bir joyga jamlab, savollarga javoblar berishni aytadi.
Tarbiyachi :
1.Halqachalarning qanday ranglari bor?
2.Menga qizil rangdagi halqani ko‘rsating ?
3.Menga sariq rangdagi halqachani ko‘rsating?
4.Ko‘k rangli halqachani o‘ng qo‘l bilan ko‘rsating?
5.Qizil rangli halqachani chap qo‘l bilan ko‘rsating ?
Bolalar javobini o‘z vaqtida rag‘batlantirib boradi.
Tarbiyachi bolalarga rag‘bat kartochkalari beradi va ularni o‘rnini a niqlab , mashg‘ulotga yakun yasaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |