Asosiy qism. Farg’ona mintaqasi ma’muriy tuzilishi va geografik o’rni



Download 1,14 Mb.
bet11/16
Sana31.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#623311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Farg’ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari.

Farg’ona mintaqasi aholisi
Aholi joylashuvining qadimiy va zich rayonlaridan biri Farg’ona vodiysi uch tomondan Pomir-Oloy, Tyanshan va Farg’ona tizmalari bilan o’ralgan bodomsimon botiqda joylashgan. Mintaqaning ichki tabiiy­iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, sersuv daryo va soylari, rangli metal, neft, gaz va qurilish materiallarining yaqin joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va mujassamlashuvi ko’plab aholi manzilgohlarining to’planishiga asos bo’lgan.
Mintaqa hozirda O’zbekiston shahar aholisining 32.3 foizini mujassamlashtirgan holda (jami aholining 28,5 foizi), uning 16.9 % yalpi ichki mahsulotini ta‘minlaydi. Shahar aholi manzilgohlari sonining eng ko’p miqdori hamon ushbu (423 ta) hududga tegishli. Mintaqaning shaharlar ierarxiyasi mukammal va uning pog’onalari deyarli to’liq shakllangan. Binobarin, Farg’ona viloyatining hududiy urbanistik tarkibida uchta katta shaharlar mavjud. Farg’ona mintaqasi shahar manzilgohlarining zichligi bo’yicha bir-biridan keskin farq qilmaydi. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning rivojlanish va mujassamlashuv darajasi yuqori; xo’jaligi intensiv yo’nalishga ega, ishlab chiqarish kuchlari yaxshi hududiy tashkil qilingan Farg’ona viloyatida har ming km2 ga 30.4, ta hududi kichik Andijonda 20.6 ta, Namanganda 17.2 ta shahar manzilgohlari joylashgan.


5. Farg’ona mintaqasi mehnat resurslari.
Mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiyligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuv darajasini yuqori emasligi mazkur tarmoqning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida yer ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, uning tabiiy hosildorligi hamma joyda ham bir xil emas.
Mehnat resurslari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish korxonalarining joylashuviga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nafaqat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida, balki boshqa ishlab chiqarish jarayonlarini ishchi kuchisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Aholi zich joylashgan hududlarda mehnatni ko‘p talab qiluvchi qishloq xo‘jalik tarmoqlari joylashtiriladi. Sholi, paxta, choy, kofe kabi sermehnat ekinlarni yetishtirish bunga misol bo‘la oladi. Aholi siyrak tarqalgan hududlarda ekstensiv xo‘jaliklar tashkil etiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish korxonalari, ekin maydonlari tarkibi mavjud mehnat resurslarini hisobga olgan holda joylashtirilishi lozim.
Aholining tabiiy-tarixiy malaka va ko‘nikmalari ham mintaqalar bo‘yicha qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi va ixtisoslashuviga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston aholisining tabiiy o‘sishi nisbatan yuqori bo‘lgani uchun mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakatlardan biridir. Mehnat resurslari ayniqsa qishloq joylarida ko‘pdir. Shuning uchun ularni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ishchi o‘rinlari orqali ish bilan ta’minlash mumkin.
Ekologik omilningqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish korxonalarining joylashtirilishiga ta’siri ortib bormoqda. Polietilen plyonkalar, mineral o‘g‘itlar, pestitsidlarning me’yoridan ortiq ishlatilishi, qishloq xo‘jalik transport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’siri, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi biologik va kimyoviy kurash, almashlab ekish sistemasiga rioya qilmaslik, chorva mollarining oziqlanish me’yorida boqilishi ekologik omilning kuchayishiga olib keladi.
Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi bo‘lib, 2018-yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2 foizga o‘sgan. Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1 foizga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta'tili, tug‘ish ta'tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4 foizga oshishi bilan izohlanadi. Ta'kidlash joizki, o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9 foiz)ga tushgan, bu esa aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligini bildiradi.
Bandlik tizimida iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘sgani va norasmiy sektordagi bandlikning kamayganligi kuzatilmoqda. Xususan, iqtisodiyot sohalarida band bo‘lganlarning umumiy soni 13 408,4 ming kishiga yetdi, bu 2018-yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichga qaraganda 1,4 foizga ko‘proqdir. Bunda iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni O‘zbekiston tarixida birinchi marta 326,3 minga yoki 6,2 foizga ortib, 5 593,6 ming kishiga yetdi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa aksincha, 137,7 minga yoki 1,7 foizga kamayib, 7 814,8 mingni tashkil etdi. Bu bevosita norasmiy tadbirkorlik faoliyati va ish o‘rinlarini legallashtirish chora-tadbirlari natijasidir.
Shuningdek, tadqiqot natijalari chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga, 2 644,1 mingdan 2 594,1 minga pasayganligini ko‘rsatdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ishga joylashtirishda yordam so‘rab 404 569 nafar shaxs murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 138 173 nafarini 16-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etdi. Murojaat qilganlardan 167 713 nafari ishga joylashtirildi, 139 679 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 10 085 nafari kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 31 938 nafar shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan birinchi marotaba ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha yangi xizmat turi – Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rinishidagi subsidiya va grantlar taqdim etish joriy qilindi.
O‘tgan vaqt davomida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ish beruvchi va ishsiz fuqarolar murojaati bo‘yicha 2 141,8 mln. so‘mlik subsidiyalar berildi, natijada 2 493 nafar ishsif fuqaroning bandligi ta'minlandi.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish