Reja:
Kirish
1.1. Asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi o’rni
1.2. Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
1.3. Korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini oshirishning mezonlari
va ko’rsatkichlari tasnifi
1.4. Asosiy fondlardan samarali foydalanish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligaga
erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashtirish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi va ro’y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investisiyalar va mavjud moddiy- texnika asosini modernizasiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Mustaqillik hamda barcha xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o’zgarishiga sabab bo’ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo’lgan paytlardagidan farqli o’laroq mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlarini direktiva ko’rsatkichlari asosida emas, balki O’zbekiston Respublikasi “Korxonalar to’g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o’zlariga kerak bo’lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va
menedjmentni yo’lga qo’ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni
rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o’zgarishlariga sabab bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi
zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |