Asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi o’rni


- rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi



Download 102,43 Kb.
bet3/9
Sana09.06.2023
Hajmi102,43 Kb.
#950269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 Sinf IIQTIDORLI O\'QUVCHILAR Ona tili va o\'qish savodxonligi 2022

1.1 - rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi.


Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish va boshqa obyektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini sekin-asta yo’qotishi kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 1.1-rasm ko’rinishida aks ettirish mumkin.
Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaralangan resurslar doirasida mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanish korxonalar ish samaradorligini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu boisdan, paxta tozalash korxonalarida ham ishlab chiqarish quvvatidan imkon boricha maksimal foydalanish zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish deganda qo'shimcha mablag'larni jalb etmasdan mahsulot hajmi va sifati oshishi, uni ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishi tushuniladi.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron- bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko’plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog’i ortadi, ularning tarkibi va ko’rinishi o’zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease – ijara).
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisob- lashda ba'zida xatolar, ular o'rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo'lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo'lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
л j , , Mv x n1 Mt x n2

Download 102,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish