Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish. Turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, iloji boricha, qisqa tutashtirilgan rotorli motorlar tanlash tavsiya qilinadi. Faza rotorli
motorlarning esa tuzilishi murakkabroq, narxi qimmatroq bo‘lgani uchun ularni faqat chastotasi rostlanadigan ba’zi kranlarda, prokat stanlarida, press va maxovikli qurilmalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Bunday motorlarning maksimal momenti bo‘lib, ularning ishga tushirish toki maxsus rezistor bilan chegaralanadi. Bu rezistor bir necha pog‘ona aktiv qarshiliklardan iborat bo‘lib, motorni ishga tushirishda bu qarshiliklar rotor zanjiriga kiritilgan bo‘lishi lozim. Motor aylanish chastotasining ortib borishi bilan qarshilik pog‘onalari rotor zanjiridan chiqarib boriladi. Rotor zanjiriga kiritiladigan tashqi aktiv qarshilikni ko‘paytirish bilan ning qiymati ortib boradi. Bundan ning qiymati o‘zgarmay, ning ko‘payishi tomon surila boshlaydi. Rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni gacha ko‘paytirib borilsa, ishga tushirish toki gacha kamayib, ishga tushirish momentining qiymati esa aylantiruvchi momentning maksimal qiymatigacha ortib boradi.
Demak, bo‘lganda bo‘lib, bo‘ladi. Agar qiymatini qilib, uni yana ko‘paytirib borils, u holda qiymatining kamayishi bilan ham kamayib boradi (11.1-rasm). 11.1-rasmda ko‘rsatilgan rezistor tavsiflarning soni rotor
zanjiridagi ishga tushirish rezistorining pog‘onalar soniga teng qilib olingan. Shunday qilib, rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni o‘zgartirish bilan ishga tushirish toki va momentini osongina o‘zgartirsh hamda turli rezistorli mexanik tavsiflarga ega bo‘lish imkoni faza rotorli motorning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi. Faza rotorli motorning ishi rezistorli tavsifdan tabiiy tavsifga o‘tkazilganda, u xuddi qisqa tutashtirilgan rotorli motor singari ishlay boshlaydi. -rasmda keltirilgan mexanik tavsiflaring ish qismi to‘g‘ri chiziqqa yaqin bo‘lgani uchun rotor zanjiriga kiritilgan rezistor pog‘onalari qarshiligini parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorniki singari grafik usulda aniqlash mumkin. koordinatalari, masalan,
bo‘lgan ikki nuqtani tutashtirish bilan asinxron motorning tabiiy
tavsifi olinadi.
11.8-rasm. Asinxron motorning resistor tavsifi.
Faza rotorli motorni ishga tushirishda, ya’ni bo‘lganda bo‘lsa, rotor zanjiridagi aktiv qarshilik o‘zining nominal qiymati ga teng bo‘ladi. Bunda quyidagi proporsiyani tuzish mumkin, ya’ni . Agar bo‘lsa bo‘ladi.
Demak, rotor zanjiridagi aktiv qarshilikning nisbiy birlikdagi miqdorini sirpanish bilan aniqlash mumkin. Motorning nominal qarshiligi esa quyidagicha aniqlanadi:
, (11.17)
bunda – uzuq chulg‘amining ikki fazasi orasidagi EYuK;
– rotorning nominal toki. Motorning va qiymatlari katalogda berilgan
bo‘ladi.
Ishga tushirish tokini nominal tok qiymati gacha chegaralovchi rotor zanjirining to‘la aktiv qarshiligi faza rotorli motorning nominal qarshiligi deb ataladi va bilan belgilanadi.
Demak, rotor chulg‘amining har bir fazasidagi aktiv qarshilikning qiymati bo‘ladi. Rezistor pog‘onalarining qarshiliklari ham ishga tushirish grafigidan foydalanib, yuqoridagi ifoda asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |