Asixron mashinalar



Download 478,33 Kb.
bet1/10
Sana20.10.2022
Hajmi478,33 Kb.
#854754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asixron mashinalar (3)


Reja:



ASIXRON MASHINALAR.

    1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari.

    2. Asixron mashinalarning tuzilishi va ishlash tamoyili.

    3. Asixron mashinalarning mexanik tavsiflari.

    4. Asixron motorning energetik diagrammasi.

    5. Asixron mashinalarni ishga tushirish, reverslash va aylanish tezligini rostlash.



11.1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari
Asixron mashinalar sinusoidal o‘zgaruvchan tokda ishlashga mo‘ljallab ishlab chiqiladi. Ularning ishlash tamoyili uchta chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga asoslanadi. Hozirda uch fazali o‘zgaruvchan tok asixron mashinalari keng ishlatilmoqda. Asixron mashinalar uch guruhga bo‘linadi: a) kollektorsiz asinxron mashinalar; b) kollektorli asinxron mashinalar.
Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism - stator; aylanadigan qism
- rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi. Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; bir fazali mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi.
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi.
Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Iqtisodiyotning turli sohalarida millionlab asinxron dvigatellar turli mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi sababli ular alohida guruhni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq dvigatet

sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash tamoyili o‘zgarmas tok mashinalarining ish tamoyiliga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi konstruktiv qismlardir (11.1-rasm) .
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am bo‘ladi.

11.1-rasm. Asixron mashinaning konstruktiv tuzilishi



Download 478,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish