Ispan tadqiqotchilaii (Maria del M ar Barbero-Barreraa, Oiatz
Pomboa, Maria de los Angeles Navacerrada) tekstil tolalarining
bog'lovchi modda — gidravlik ishqor bilan qo‘shilgan panel ishlab
chiqarishdi. Yangi panellar sotuvdagi panellarga nisbatan kam
zichlikka egadir.
Shu bilan birga, ashyo bilan ishlash yengillashadi
va asosiy tizilmalarga tushuvchi og‘irlik kamayadi,
Gidravlik ishqor
— tarkibida 6% dan 20% gacha bo‘lgan gilli
qo‘shilm alari bor mergelli ohaktoshni bir in e’yorda toblab
qizdirishdan (pishitmaguncha) hosil bo‘lgan mahsulot. Gidravlik
ishqor
shunday xususiyatga egaki, u nafaqat havoda, balki suvda
ham qotadi. Toblab qizdirish jarayonida CaO ozod ishqor bilan
bir paytda uning gil oksidlari bilan hosil bo'lgan
kimyoviy
birikmalar — silikatlar, alumatlar, kalsiy ferratlari mavjudligi, suvda
va havoda qotish imkoniyatini beradi.
So‘ndirilgan kukun va so‘ndirilmagan, yanchilgan ishqor
holatida ishlatiladi. Gidravlik ishqor katta mustahkamiikka ega
b o ‘lmagan
qurilish qorishmalari, betonlar ishlab chiqarishda
xomashyo sifatida qo‘llaniladi. Havo ishqorlari ishlatilish yorda-
mida tayyorlangan qurilish qorishmalaridan farqli o‘laroq, bunday
ishqorlar ekspluatatsiya chog‘ida, nam sharoitda joylashgan qurilish
qismlarida ishlatilishi mumkirx.
Bundan tashqari,
bunday panellarda, sotuvdagi panellarga
nisbatan issiqlik o‘tkazuvchanligi 2 marta kam va tovush izolyatsiya
ko'rsatkichlari yuqoriroq.
13.9. Og‘ir béton xillari
Yuqori mustahkam béton
markasi 50 M Pa dan kam bo‘lmasligi
kerak. Odatda, yuqori mustahkam betón tez qotuvchan bo‘ladi.
Shu sababli, bug‘ kamerasida yuqori mustahkam béton qotish
muddati qisqaradi.
Maxsus tez qotuvchan sement ishlatilsa, bunday betonni bug‘
kam erasida qotirm asa ham b o ‘ladi. Y a’ni,
tabiiy sharoitda
20—25°C haroratda tez sur’atda (3 kunda) qotadi.
Markasi 400 ga teng bolgan béton o‘miga yuqori mustahkam
béton ishlatilsa, po‘lat armaturani 10—12% ga, béton qorishmani
310
esa 10—30% gacha tejash mumkin bo‘ladi.
Hozirgi kunda soha
olimlari tom onidan markasi 400--800 M Pa betonlar yaratish
bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda.
Beton qorishmasiga superplastifikatorlar qo‘shib o‘ta mustah-
kam beton (300—500 MPa) olishga erishildi. Bunday betonlar
diet ellarda DSP (densifiyed small particles) nomi bilan m a’lum.
Fibrobeton — asosi kalta tolali to ‘ldirgichlar
bilan mustah-
kamlangan kompozit qurilish ashyosidir. Beton qorishmasini
tayyorlashda ishqorli muhitga chidamli tolalar qo‘shib uning
pishiqligini oshiriladi. Cho‘zilishga mustahkam tolalar (30—60 mm
gacha) betondagi sement toshining egiüshga, darz hosil bo‘lishiga,
issiqlikka va yemirilishga boMgan chidamligini oshiradi. Agar
betondagi tolalar uning eho‘zilishi yoki egilishi bo‘ylab tartibli
ravishda joylansa, uning samaradorligi 40—50% ga, tolalar tartibsiz
holatda bo‘lsa, samaradorligi 20% gina bo‘lishi mumkin. Betondagi
tolalar undagi armaturaning sement
bilan yopishish rnustah-
kamligini 40% ga oshiradi ham da betonning kirishishini ka-
maytiradi.
Konstmksiyaning xiliga qarab, tolalar mineral (shisha, bazalt,
kvars va h.L), zanglamaydigan yoki oddiy po‘lat simi va sintetik
(propilen, kapron v h.k.) bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: