nisbatan takomillashgan, voqelikni aks ettirish imkoniyati boyroq bo‘lgan
janrlar o‘ziga qamrab olishi, o‘z tarkibiga singdirib yuborishi mumkin».
25
«Ming bir qiyofa» romanining asosiy mezoni bo‘lgan milliylik va
umumbashariylik leytmotivi badiiyatning ham, emotsionallikning ham
yuksalishiga ta’sir qiladi. Adabiyotimizning o‘ziga xos an’anasi bo‘lgan ezgulik
va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurashda biri ulug‘lanib, ikkinchisi rad etiladi.
Ko‘zlarida mehr-shafqat nuri yog‘ilib turgan, iymon-e’tiqodli oddiy bir
inson Burhon SHarif ezgulik himoyasiga astoydil bel bog‘laydi. Uning tabiatida
kibrlanish, bandasining qarshisida bosh egish, unga sig‘inish xususiyatlari yo‘q.
Burhon SHarif insonlik burchini ado etmoqni muqaddas sanaydi, kam-ko‘stsiz
ado etmoqqa intiladi. Nosir bu milliy xarakterda haqiqatparvarlik, mardlik,
mag‘rurlik, haromdan parhez qilish, vijdonlilik xislatlarini jamlaydi. SHu bois
ham xarakter xatti-harakatiga munosabatini aniq ifoda etadi.
Darhaqiqat, romanda muallifning xolis nutqi tarixchi-publitsist sifatida,
qahramon tashqi faoliyatini, xatti-harakatini, ichki tuyg‘ularini, voqealar
jarayonini ifodalashda keng o‘rin tutadi. Uning yashirin munosabati sezilib
turadi. CHunki, O.Odinsov aytganiday, «ob’ektivlashtirilgan neytral nutq-
rivoyada yorqin til bo‘yoqlari bo‘lmasligi, aniq manzaralarda badiiy
bo‘yoqlarning kamayishiga, ayni paytda muallifning nutqiy faoliyatda
munosabatini aniq ifodalashga olib keladi».
26
Arastuning ta’kidlashicha, «Komil
kishilar bir xil bo‘ladi, yomonlar esa har xil bo‘ladi».
27
Biz shu aqidadan kelib
chiqsak, romanda ming xilda evriluvchi yomon kimsalarning kirdikorlarini
ko‘rsatish maqsadi birinchi planga chiqqanligi oydinlashadi. Biroq O.Muxtor
bir-birini rad etuvchi ezgulik va razolat o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatishda turlicha
munosabatlar jarayonini ham, ikkala tomonning chambarchas bog‘liqligini ham,
25 Саримсоқов Б. Ўша жойда. 101- бет
26 Одинцов О. О языке художественной прозы. –М.: Наука, 1973. стр. 28.
27 Юлдашев С. Антик фалсафа. –Тошкент, 1999. 126- бет
26
ba’zan ularning o‘zaro bir-biriga o‘tib turishi konkret insonda qorishiq holda
uchrashini ham nazardan qochirmaslikka urinadi:
«Menga xiyla qiyin bo‘ldi… Men har gal bir-biriga o‘xshamaydigan roman
yozishga urindim. Va ma’lum darajada bunga erishdim ham, deb o‘ylayman.
Ularning barchasida inson tafakkurining muayyan qirralarini yoritishga
urindim va ayni paytda adabiyotda an’ana bo‘lib kelgan ijobiy va salbiy
qahramon tushunchalaridan kechdim. Insonning o‘zida hammasi – ezgulik va
yovuzlik mujassam, degan qadim SHarq falsafasiga tayandim. Mana,
eslasangiz, «Ming bir qiyofa»da Abdulla Hakim – gunohlari bor va ezgu ishlari
ham ko‘p. Burhon SHarif ham xuddi shunday. Hech qaysi bir qahramonim yuz
foiz ijobiy yoki salbiy emas»,
28
deb yozadi muallif.
Roman qahramonlaridan biri Sadirjon aytganiday, Burhon SHarif «o‘zini
qo‘rqmay ajdahoning og‘ziga uradi», «yovuzlikka qarshi ochiqdan-ochiq
kurashga chiqadi». U adolatli qonunlarning buzilishiga qarshi jasorat bilan
kurashadi, xalq taqdiri haqida qayg‘uradi. Nazarimizda, O.Muxtor bu obrazni
chizishda xalq eposlariga xos afsonaviy yakka qahramonlar obrazidan ham
ijodiy foydalangan. Binobarin, insoniy muhabbat, erksevarlik, do‘stga sadoqat,
aql-zakovat va iste’dodda yuksaklik, ilm-hikmatni egallashga ishtiyoq,
dushmanga cheksiz nafrat, mardonavorlik, fidokorlik kabi tuyg‘u-xislatlarning
bir kishi tabiatida umumlashishi eposga xos xususiyatdir.
Burhon SHarif odamlarga yaxshilik qilib, ularni ezgulikka da’vat etgan,
ularga mehr bilan qaragan, shu yo‘lda kurashgan, nopok kimsalarning
jazolanishiga erishgan. Biroq u azal-azaldan inson qonida, tiynatida mavjud
yovuzlikning qarshisida ojiz bo‘lib qoladi. Uning o‘zida ham ichki bir alam-
adovat, qizg‘anish tuyg‘usi mavjud. Umrining o‘ttiz yilini u o‘z-o‘zi bilan
kurashib o‘tkazgan. Umr intihosida Burhon SHarif Abdulla Hakim ruhiga
xiyonat qilgani, uning kundaliklarini e’lon qilish imkoni bo‘la turib, bu ishni
paysalga solganligini e’tirof etadi. So‘zda sobit turmaslikni ham xiyonat, yovuz
28 Омон Мухтор. Тўрт томон қибла. –Тошкент: Шарқ НМК, 2000. 418- бет
27
jinoyat deb baholaydi. Tabiatan olijanob bo‘lgani uchun ham: «Mening har xil
Do'stlaringiz bilan baham: |