литературе//Единство. - М.: Худ. лит-ра, 1972; Шкловский В. Связь приемов сюжетосложения с общими приемами стиля//Поэтика. Пг., 1919; Днепров В. Идеи
времени и формы времени.- М., 1980; Эйхенбаум Б. О прозе, о поэзии//Худ. лит-ра, 1986; Медведев П. В лаборатории писателя. - Л., 1971; Григорян Ар.
Проблема художественного стиля.-Ереван,1966; Генис А. ХХ асрнинг етакчи услуби//Жаҳон адабиёти.-2001.-№11. –155-163 б.
16
haqiqiy san’atkor hisoblash mumkin»,
9
deb yozadi.
O‘zbek adabiyotshunosligida adib uslubi nazariy ob’ekt sifatida teran
o‘rganilmagan. A.Rustamovning «Navoiyning badiiy mahorati» (1979),
M.Qo‘shjonovning
«Abdulla
Qodiriyning
tasvirlash
san’ati»
(1978),
S.Mamajonovning
«Uslub jilolari» (1972), M.Sultonovaning
«YOzuvchi
uslubiga doir» (1969), B.Nazarovning
«G‘afur G‘ulom olami» (2004) singari
asarlarida esa ma’lum bir adib ijodi, uning poetik mahoratini, uslubi hamda
tasvirlash san’atini ko‘rsatish yo‘nalishida tadqiq etilgan. U.Normatovning
«O‘ziga xoslik sirlari» (SH.Xolmirzaev haqida), O.SHarafiddinovning «Abdulla
Qahhor» singari tadqiqotlarida adib uslubining o‘ziga xos tomonlari yoritiladi.
Uzoq yillar badiiy ijodda adib uslubi hamda uning qatida yotgan betakror
o‘ziga xoslik ma’nolariga, shuningdek, uslubning milliy jihatlariga etarlicha
e’tibor berilmagan. Buning o‘ziga xos jiddiy sabablari mavjud. XX asrning 20-
yillaridan e’tiboran adabiy yo‘nalish uslubining o‘ziga xos sifatlarini nisbatan
kengroq tadqiq qilishga bo‘lgan urinishlar kuchaydi. 60-70-yillarga kelib
shakliy-uslubiy izlanishlar ham uslubiy yo‘nalishlar tendensiyasi orqali
o‘rganila boshlandi. Davr uslubiga tayyor andozalar asosida yondashildi.
CHunki adabiy yo‘nalishlar (klassitsizm, romantizm, realizm) haqidagi umumiy
fikrlar ham, davr uslubi haqidagi umumlashmalar ham alohida olingan asar
uslubi va adibning betakror mahorat qirralarini etarlicha inkishof etishni nazarda
tutmaydi.
Muayyan milliy adabiyotdagi uslubiy tajriba va an’ana shu adabiyotga
mansub chinakam iste’dodlarning asarlarida, tadqiqotchining istagidan qat’i
nazar, zuhur topadi va davom etadi. Zero, individual uslub yorqinligi milliy
adabiyot tajribasi, xalq ijodi va o‘tmish adabiyoti an’analari, milliy ruh, urf-odat,
til xususiyatlariga e’tibor orqali ta’minlanadi.
«Uslub yozuvchining shaxsiy tajribasi, nutq ohangidagi o‘ziga xoslikda
ko‘zga tashlanadi», deb yozadi L.I.Timofeev.
10
U har bir yozuvchi ijodining
9 Саримсоқов Б.М. Бадиийлик асослари ва мезонлари. Тошкент, 2004, 90-.бет
10 Тимофеев Л.И. Основы теории литературы.–М., 1974. –411 ст.
17
o‘ziga xos, betakror g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini, hayot haqidagi
konsepsiyasining konkret badiiy ifodasini «uslub» atamasi bilan izohlaydi.
Adabiyotshunos S.Mamajonov fikricha, uslub idrok va ifoda qilish
mushtarakligida namoyon bo‘ladi.
11
«Individual uslub, deb yozadi N.SHukurov,
Do'stlaringiz bilan baham: