Ashirbaeva n omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar


II-BOB    ROMAN POETIKASI VA MIFOPOETIK TAFAKKUR



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana11.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#171410
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
omon muxtor romanlarida shakliy-uslubiy izlanishlar

II-BOB 

  ROMAN POETIKASI VA MIFOPOETIK TAFAKKUR   

2.1 Mifologik ishonch-e’tiqodlar va epik bayon  

Hozirgi  o‘zbek  adabiyoti  an’anaviy  ildizlari    bilan  chambarchas  aloqada 

ekanligi bugungi romanlarimiz qatlariga nazar tashlash orqali ham oydinlashadi. 

Ajdodlarimiz  samoviy  tasavvurlari  to‘g‘risidagi  mifologik  qarashlari  muayyan 

darajada  o‘rganilgan.

30

  Ularda  mifopoetik  tafakkur  va  olamning  tuzilishi 



haqidagi  tasavvurlarga  alohida  e’tibor  qaratilgan,  ajdodlarimizning  e’tiqodiy 

tasavvurlari mohiyatini izohlashda  muhim xarakter kasb etishini ta’kidlashgan. 

Folklorshunos  olim  M.Jo‘raev  kosmogonik  miflar  asosida  yuzaga  kelgan 

samoviy  afsonalar  syujetining  tarixiy  asoslarini  va  motivlar  tizimini  sinchiklab 

o‘rganar  ekan,  ularning  matniga  asos  bo‘lgan  birlamchi  mifologik 

tasavvurlarning rudiment (qoldiq- A.N.) holda saqlanib qolgan talay unsurlarini 

aniqlash, tasnif qilishga muvaffaq bo‘lgan.

31

 



Olimning  ta’kidlashicha,  samoviy  afsonalar  qadimiy  e’tiqodlar  va 

mifologik tasavvurlar asosida yuzaga kelgan og‘zaki hikoyalar bo‘lib, etiologik 

miflarning  talqinlarini  badiiy  tafakkur  qonuniyatlari  vositasida    bayon  qiladi.

32

 



Badiiy-estetik  mohiyat  kasb  etgan  verbal  shakldagi  samoviy  afsonalar  o‘ziga 

xos  shakllanish  hamda  takomillashish  bosqichini  o‘tagan.  Samoviy  asotirlar  va 

mifologik  qarashlar  asosida  yuzaga  kelgan  e’tiqodiy  ishonchlar  bugungi  kunda 

nafaqat  xalq  an’anaviy  marosim,  rasm-rusumlari,  balki  uning    tafakkur  tarzida 

ham saqlanib qolgan. Xususan, roman poetikasi va uslubida kuzatiladi. 

                  

 

30 Крейнович Е.А. Очерк космогонических представлений гиляков. Сахалин. // Этнография, 1929. №1; Кариновская Л.Э. Представления алтайцев о вселенной. //  



Советская этнография. 1935 №4-5; Анисимов Л.Ф. Космологические представления народов Севера. 

31  Жўраев  М.  Ўзбек  халқ  эртакларида  «сеҳрли»  рақамлар.  –Тошкент,  1991.  –106-126  б.;  Ўша  муаллиф.  Етти  ҳомийнинг  мифологик  асосларига  доир//  Адабий 

мерос.  1989,  №2,  65-69-бетлар;  Ўзбек  халқ  самовий  афсоналари.  –Тошкент:  Фан,  1995;  Жўраев  М.,  Шомусаров  Ш.  Ўзбек  мифологияси  ва  араб  фольклори.  –

Тошкент: Фан, 2001. 

32 Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. –Тошкент: Фан, 1995.9-бет 



 

 

31 



«Xalqimiz er osti olamiga go‘r, quduq, yoriq-teshik yoki g‘or orqali o‘tish 

mumkin  deb  o‘ylagan»,

33

    yozadi  M.Jo‘raev.  Xalq  ishonch-e’tiqodlariga  ko‘ra 

Osmon-  maloiklarning  makoni,  er  osti-  o‘liklar  mulki.  Bu  qadimiy  mifologik 

tasavvurlar 

asosidagi 

motivdan 

hozirgi 

o‘zbek 


romanlarida 

ham 


foydalanilganligini  kuzatish  mumkin.  O.Muxtorning  «Aflotun»  romanidan 

keltirilgan ayrim parchalarni kuzatish fikrimiz tasdig‘iga xizmat qiladi: 

          «Nihoyat… 

          quduq boshiga 

          etib kelishdi. 

          Bir to‘p kishi engashib, quduq ichiga qarashdi. 

          Usmon ham qaradi. 

          Ba’zan quduqlar ichida oy bo‘ladi, deb eshitgan edi. 

          Bu quduqning ham tubida nimadir yaltiradi! 

          Biroq odamlarga oy emas, suv kerak edi! 

          Pastga chelak tushirishdi. CHelak taraqlab quruq chiqdi. 

          YAna tushirishdi. YAna, quruq! 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish