Asarida kiyim-kechak nomlarining berilishi


Partu - yaxtak, bir qavatli ustki to‘n



Download 61,1 Kb.
bet2/7
Sana11.06.2022
Hajmi61,1 Kb.
#656307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lUTFULLO


Partu - yaxtak, bir qavatli ustki to‘n.
Samda - oyoqqa kiyiladigan sandal (chigilcha).
Qaftan - to‘n, ustki kiyim.
Jalma - paxtali to‘n.
Jengsho - kalta paxtalik to‘n.
Izlik - turkiy xalqlarning hayvon terisidan yasalgan chorig‘i. “Choriq bo‘lsa, odamning oyog‘i og‘rimaydi, to‘qim bo‘lsa, ot yag‘ir bo‘lmaydi”11.

  1. Devonu lug’otit turk”da kiyim-kechak otlarining gender tahlili

Kiyimlar moddiy madaniyatning asosiy qismlaridan bolib, ularda shu xalqning milliy xususiyatlari va madaniy qadriyatlari namoyon boladi. Har bir xalqning an‘anaviy mashgulot turi (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va hokazo), fasl va yoshdagi ozgarishlar, hatto osha xalqning fe‘l-atvoridagi nozik tomonlari ham kiyimlarda mujassamlashgan. Kiyimlar tarixning turli davrlarida bolgan ozgarishlar barobarida ozgarib borgan va osha zamonning in‘ikosini ozida aks ettirib turgan12.
Kiyim insoniyat tarixining ilk davrlarida tashqi ta‘sirlardan muhofaza qilish vositalaridan biri bolgan bolsa, keyinchalik uning vazifa doirasi kengayib, boshqa xususiyatlar ham kasb etdi. Kiyim insonni tashqi ta‘sirlardan muhofaza qilish bilan birga, uning ijtimoiy taraqqiyot faktorlari majmuyini ozida aks ettiruvchi, inson tanasini u yoki bu darajada berkitib, orab, bezab turuvchi predmetlar yigndisidir. Kiyim ijtimoiy hodisa bolib, jamiyat taraqqiy etgan sayin u ham taraqqiy etib, rivojlanib boradi.
Tadqiqotchilar A. Levin-Dorsh va G. Kunovlarning yozishicha, ibtidoiy yovvoyi odam beliga boglagan tasma yoki oyoq-qoliga taqilgan xalqalar ham keng ma‘noda kiyimga kiradi. Hatto badanni boyash (tatiurovka), xom teridan qilingan yopinchiqlar, osimlik yaprog‘i, qush patlaridan tayyorlangan tutqichlar ham —kiyimning ibtidosi” hisoblanadi13.
Qadimgi Bozqir turklari kiyim-kechaklarini qoy, sigir, tulki va turli ov hayvonlarining terisidan hamda qoy, echki, tuya kabi hayvonlarning junidan tayyorlashgan. Ayniqsa, kigiz yomg‘ir va qorda kiyiladigan ustki kiyimlar, shuningdek, bosh va oyoq kiyimlarini tikishda asosiy xomashyo vazifasini bajargan. Shu bilan bir qatorda, qadimgi turklar boz to‘qishgan, kiyim uchun kendir yetishtirishgan. Turklar tomonidan ishlab chiqarilgan jun gazlamalar va kigizlar Xitoy va boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. Mahmud Koshgariy ham —Devonu lugotit turk” asarida qadimgi turklar gilam, jun va ip gazlamalarni qol dastgohlarida to‘qiganliklari, shoyi gazlamalarni esa Xitoydan olib kelganliklarini qayd qilib otgan14.
Kiyimning paydo bolishi haqida soz borar ekan, jamiyat hayotida kiyim turlarini yuzaga keltirgan turli ijtimoiy omillarni ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Har qaysi xalqda, har bir millat yashagan joyning tabiiy sharoitlari, iqlimi, osimlik va hayvonot olami bilan bogliq holda, turli mamlakat xalqlarining yonma-yon yashashi ozaro moddiy va madaniy aloqalarning osishi natijasida kiyimlar, ularning bichilishi va hatto nomlari bir-biriga otishini ham kozda tutish lozim15.
Mahmud Koshgariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarini sinchklab tadqiq qilish asosida, Markaziy Osiyolik turkiy xalqlar madaniyatining X-XI asrlardagi ahvoli qanday saviyada bolganlagini organish mumkin. Xususan, ushbu monumental asarda yuzlab kiyim-kechakka oid sozlarning uchrashi, osha davrda turkiy xalqlarning nechoglik madaniy saviyaga ega bolganligini korsatadi. Turkiy qabila va uruglarning bir-biridan farq qiladigan lahjalardagi kiyim-kechaklar atamalari va ularning nomlari ham berilgan.
«Devonu lugotit turk» asarida uchraydigan kiyim-kechakka oid sozlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Faslbop kiyimlar.

  2. Ayollar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.

  3. Erkaklar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.

  4. Bolalar kiyimi.

  5. Marosim kiyimlari.

  6. Kasb kiyimlari; asosan, jangchilarga xos kiyimlar.

  1. Faslbop kiyimlar: 1.يلما - yalma - yopinchiq, paxtali to‘n, Mahmud Koshg‘ariyning fikricha, forslar buni turkiy xalqlardan olib, yalme shaklida ham talaffuz qilganlar. Uning yozishicha, —arablar forslardan olib, yalmaq shaklida qollaydilar. Chunonchi, kandani كندى kanda خندق xanda qilib olganlar. Arab shoirlaridan hech kim bu sozni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydilar. Chunki men bu sozni eng tog‘lik chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan kora bu xil yopinchiqqa muhtojroqdirlar”. 2. Kizuk كزن yomgirda kiyiladigan yopinchiq. 3.Yishim يطم - sovuqda ikki oyoqqa kiyiladigan pocha. 4.Eliklik الكك - qo‘lqop. 5.Keduklik kiziz كذز كدكلك - yomg‘irda yoping‘ich qilish uchun tayyorlangan namat.

  2. Ayollar kiyimlari: A)Bosh kiyimlar 1. Didak ديدن - kelin kocganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun pinadigan narsa. 2. Ko‘shik كوشك - yopish, bekitish yopinchiq ma'nosida. 3. Kiduk كدن - patdan qilinadigan bosh kiyim. 4. Uragut burunchuk o‘rindi xotin peshonabog‘ (dakana) o‘radi. 5. Engak - اتكك xotinlar bosh yopinchiqlariga bog‘laydigan ip, bog‘ich. 6. Sarag‘uch سراغج - xotinlarning boshiga yopinadigan narsalari, ro‘molchalari. 7. Tulfir - جلفش parda. Xotinlar pardasi , bu ipakli gazmollardan ishlanadi.

B) Ust kiyimlar: 1. Yurunlug‘ urag‘ut اساغث يشتلغ ipak kiyimlik bo‘laklari bor xotin.2 . Terinchak جشتجك - xotinlarning yengi yopiq ust kiyimi (o‘g‘uzcha). 3. Bag‘irdaq- بغشدق xotinlar ko‘kragiga tutadigan narsa (siynaband). 4. Chubra - جبشا eski kiyim (umumiy qo‘llangan). 5. Partu - بشجو yaxtak (bir qavatli ustki to‘n) partuk. Shayx Sulaymon lug‘atida partuk degan so‘z bor. Bunda hozirgi orqasi bog‘ichli ish va ovqat mahalda tutiladigan fartuk so‘zi kabidir. Rus etimologik lug‘atida bu so‘z polyak tilidan XVIII asrda olingan deb yoziladi, ammo XI asrda yashagan ajdodlarimiz ham shu so‘zni qo‘llashgan. 6. Qulan للن - kamar ( umumiy) . 7. Sizik- سزن ustki kiyimning bir tomoni. 8. Qur- لش qurshovchi,belbog‘, kamar. 9. O‘tran - اتران ishton (bu yag‘mo qabilasida uchraydi). 10. Artig‘- ارتغ xotinlar kiyadigan nimcha (jeletka). 11. Um - ام ishton, lozim, shalvar.
D) Oyoq kiyimlar: Bukum- بىُ bukum etuk- xotinlar kiyadigan etik, mahsi (o‘g‘uzcha) o‘g‘uzlardan boshqalar ^هكن مكم mukin, mukim deydilar. M.Koshg‘ariy shunday yozadi: «Men buni toza turkcha deb hisoblamayman, lekin qipchoq va qabilalarning (oddiy kishilari) shunday ataydilar». Tizilduruk - تزٌذسن mahsining boshiga bezak uchun qadaladigan yaltiroq chaqalar.
Bundan tashqari ayollar kiyimining bir qancha taqinchoqlari mavjud: 1. Suwluq- سفٍك dastro‘mol. 2. Ulatu - اٌحو dastro‘mol. Va quyidagi zargarlik buyumlari ayollar libosi bilan taqilgan. 1. Tolg‘ag‘- تٍغاغ quloqning yuqorisiga taqiluvchi xotinlar zirak iborasi shundandir. 2. Qawurg‘an: bu bilazo‘k ol bilik qawurg‘an - لفشغان اٌبٍه بالرن بو. Bu bilakuzuk ziragi. Jinju tolg‘ag‘- marvarid har vaqt bilakni siqadi. 3. Bog‘maq - بغّك Bo‘yintumor, tilla va boshqa narsalardan yasalib, har xil qimmatbaho toshlar va marvaridlar qadalgan, kelinlarning bo‘yniga taqiladigan ziynat asbobi. 4. Kimsan - وّسان do‘ppi va quloqlarga ishlatiladigan, taqiladigan yupqa va girdak oltin kulchalari. 5.Didim- ددم. Nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan toj (qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan bosh kiyim).6.O‘kmak - اوّه xotinlarning ko‘ylaklariga taqiladigan oltin yoki kumushdan qilingan xalqa, zirak. 7. Quz yintu tolg‘adi - تغادى تنجو قيض qiz inju va boshqa narsalardan yasalgan zirak taqdi.

  1. Erkaklar kiyimi. А) Bosh kiyimlar: 1. Qiymaj^ qiymaj bo‘rk- قيمج بشن uzun, mayin, oq echki yungidan qilingan qalpoq. Uni chigillar kiyadilar. 2. Er suwliqin sarindi- سردى ثقلقن ار odam sallani boshiga o‘radi. 3. Salqanduruq - سٍمذسق qalpoq tushib ketmasin uchun unga bog‘lanib, jag‘ tagidan o‘tkazilib qo‘yiladigan chizimcha. Ipakdan to‘qiladi. 4. Qizig‘lig‘ bork - برن قزغٍغ atrofi jiyakli, qirg‘oqlari burama qalpoq. 5. Suqarlaj bork- برن سمرٌج uzun qalpoq.

B) Ust kiyimlari: 1. Toqu-^ kamar to‘qasi. 2. Yipkil to‘n- تون يبكل Arg‘uvon rangli to‘n. 3 . Qorin - ورين belbog‘. 4. Er qaftan yaxsindi - يخسندى لفحتان اس. Odam kaftan kiyimni kiftiga soldi, bog‘ichini (tugmasini) ham bog‘lamadi, qo‘llarini ham yengiga kirgizmadi. Bu so‘z faqat yelkaga tashlanadigan hirqa va boshqalarga (unga o‘xshash narsalarga) qo‘llaniladi. Navoiyda kaftan so‘zi xuddi shu ma'noda qo‘llanilgan.
Hirqa aning jismida kaftan bo‘lib,
Kaftanni to‘n jismi aning jon bo‘lib.
5. Suf - ثوف yungdan qo‘lda to‘qilgan kamar. Fikrimizcha, bu o‘rinda «s» harfining ishlatilishi Mahmud Koshg‘ariyning turk tilida bu tovush ishlatilmasligi haqidagi ko‘rsatmasiga ziddir. 6. Er bertlandi -بشتٍذى اس odam kalta paxtalik to‘nli bo‘ldi. 7. Qurshag‘- لشضاغ belbog‘. 8. Qarshag‘- لشضاغ to‘n kengligi. Aning qarshag‘i ko‘r - uning choponining kengligini ko‘r. 9. Kazindi to‘n - تون وزنذى ko‘p kiyilgan to‘n ma'nosida. 10. Qaftan - لفحان to‘n ustki kiyim. Bu so‘z rus tilida qo‘llanilib, usmoniy turklardan olingan deb ma'lumot beriladi. 3. 11. Ko‘rk - كرن mo‘yna po‘stin. 12. Qars^-^ tuya yoki qo‘y yungidan qilingan kiyim. 13. Er ishtonlandi - اضحتٍتذى اس odam ishton kiydi. Asli ichtonlandi. 14 اجحٍتذى. Ubraq to‘n - تون ابراق eskirgan to‘n ma'nosida. 15.Ichmak - اجّه qo‘zi terisidan qilingan po‘stin. 16. A:z - أاص oq susar po‘stin. 17.Eshuk- اضه ust kiyim. 18. Ichuk - اجه sobol, olmaxon va boshqa hayvonlarning terisidan qilingan po‘stin. 19. Jengshu- جتكطو kalta paxtalik to‘n. 20. Ol qaftanig‘ qurladi- لرالدى لفحانَغ اي u to‘nga belbog‘ olib, uni to‘n ustidan bog‘ladi. 21.Sanch kisirlu- كسري ستج sonoch-burdyuk, tursuk.
D) Oyoq kiyimlar: 1. Er bashmaklandi - بطّمٍتذى اس odam sandal-chuvak kiydi (o‘g‘uzcha). 2. Etik- اته etik. 3. O‘g‘uq- اغك. Mahsini ayab, ustidan kiyiladigan paytava kabi narsa. 4. Yo‘rganchi - يركتجي paytava.
Bolalar kiyimlari deb berilgan so‘zlar uchramaydi, ammo shu kiyimlarning kichik shakllari shu nom bilan bolalarga ham ishlatilgan bo‘lsa kerak.

  1. Marosim kiyimlari: bu haqida quyidagi ma'lumotlarni ko‘rish mumkin:

  1. Tanguq^. Chavgon o‘yinida koptokni tortilgan o‘rovdan o‘tkazganga beriladigan ipak kiyimlik; shohlar safarga chiqqanda beriladigan taom va ipak kiyimliklarga qo‘llaniladi. Umuman, tanguq so‘zi tortiq, sovg‘a ma'nosida qo‘llanilgan. 2. Ashuk - اشك shohlar, beklar o‘lganda ularning hurmati uchun qabrlari ustiga yopilib, so‘ng faqirlarga beriladigan ipak mato yirtish. 3.Kazut - كزت kiyiladigan kiyim. Ko‘pincha bu so‘z to‘yda kelin va kuyov yaqinlariga hurmat yuzasidan kiydiriladigan to‘nga nisbatan aytiladi. Kezut berdi, ya'ni to‘n berdi, kiygazdi ma'nosida.

5.Kasb kiyimlari: 1.Yariq- يشق janglarda kiyiladigan temir ko‘ylak (zirh) va qalqonning har ikkisiga qo‘llaniladigan turdosh ismdir, so‘ng ularni farq qilib, temir ko‘ylakka kuba yariq يشق كبا, qalqanga say yariq يشق سٌ deyilgan. 2. Yaptach - يبحج yomg‘irdan, qordan saqlanish uchun yopinadigan yopinchiq. 3. Er bechkamlandi - بجكملندى اس. Odam jang kuni kiyiladigan kiyimlarni kiydi. 4. Tulumlandi - جلملندى. Jang kiyimlarini, yaroqlarini kiydi, qurollandi. 5. Er suwluqlandi - سفلملندى اس odam salla o‘radi. 6. Batraq -بحشق uchiga maxsus ipaklik osilgan yog‘och yoki askar jangda shu bilan o‘zini belgili qiladi. 7. Ashuq - اشك temir qalpoq dubulg‘a.
Yuqorida biz devonda uchraydigan kiyim-kechakka oid terminlarni tasniflar ekanmiz, ayrim asosiy terminlarni misol tariqasida keltirish bilan cheklandik. Aslida bunday terminlar ta'kidlab o‘tilganidek ikki yuzdan oshiqdir.
Ushbu tasnif shartli ravishda qilindi. M.Koshg‘ariy aksariyat kiyim- kechaklarni jinslarga bo‘lmasdan umumiy qilib beradi. Biz ularning ba'zilarini funksiyasiga yoki Koshg‘ariy keltirgan misollarga tayanib shunday tasniflashni lozim topdik.
Shuningdek, «Devonu lug‘otit turk»da kiyim kechak bilan bog‘liq maqollar ham uchraydi:
1.Tawg‘ach xanning turqisi telim tenglamazib bichmas:
بجماس مذب تنكلا : تلم ترقوسى خانك جففاج
Xitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin olchamay kesilmaydi. Bu maqol ishni boshida puxta oylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi qarata aytiladi. Hozirgi paytdagi ozbek maqollaridan «Yetti olchab bir kes» maqoliga monanddir.

  1. Qilnu bilsa qizil kizar,

Yarani bilsa yashil kizar.
وذاس ٍطً بلسا ٍوانو وذاس قضي بلسا قلنو
Xotinlar eri bilan suhbat istaganda qizil ipakli kiyadi, yalinish va xushomadgoylik vaqtida yashil kiyim kiyadi. Xotinlar haqidagi bu maqol maqsadga erishish, yoqimli muomalada bolishni eslatish maqsadida ishlatiladi. Bu —Onangni otangga bepardoz korsatma” maqoliga yaqindir.

  1. Eringanga elik qari bo‘z o‘m tikamas - تكاماس ام بوز قرى الك نكا ارنكا

Boydoq odamga ellik gaz boz ham ishtonlikka yetmaydi, ya'ni bu maqol bilan boydoq kishi ayolsiz ozini eplay olmasligi va begonalar unga yon bosmasligi uqtiriladi. Bu maqol yigitlarni uylanishga tashviq qiladi.

  1. Taz keligi borkchiga بركحيكا ولكى تاز

Kalning kelish joyi (boshini bekitish uchun zarur do‘ppini sotib olishga) do‘ppifurush dokonidir. Ya'ni bu maqol bilan inson hamisha nuqsonlarini yashirishga urinishi izohlab beriladi.
Umuman olganda, «Devonu lug‘atit-turk»da juda kplab gazlamalar nomlari berilgan. Asarda 30 ga yaqin mato nomlari berilgan bolib, asosan, matolar Xitoydan keltirilgan. Devonda uchragan gazlamalarning uchdan bir qismi Xitoy ipak matolaridir. Misol uchun: taxchak, shalashu, yixansu, zungun, xuling va boshqalar. Barchin va chit kabi matolar ham uchraydi. Bundan korinib turibdiki, Xitoy bilan Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi savdo-sotiqda matolar muhim rol o‘ynagan va Xitoy azaldan o‘zining ipakli matolarini mahalliy aholiga sotib kelgan.
Mahmud Koshg‘ariy yashagan davrda, ya'ni X-XI asrlarda Markaziy Osiyolik turkiy xalqlar yuksak saviyada madaniyatga ega bo‘lishgan, buni —Devonu lug‘otit-turk”da uchraydigan kiyim-kechakka oid yuzlab terminlarning uchrashi tasdiqlab turibdi. —Devonu lug‘otit-turk”da kiyim-kechakka oid so‘zlar berilsa, misol tariqasida umumiy ma'noda to‘n تون so‘zini qo‘llaydi. Shuningdek, —Devon”da uchraydigan kiyim-kechakka oid so‘zlar bugungi kunda nafaqat hozirgi turkiy tillarda saqlanib qolgan, balki forsiy, slavyan va boshqa xalqlar tillarida ham o‘zlashgan so‘z sifatida uchraydi. Misol uchun kaftan, bashmak, fartuk, utyug kabi so‘zlarini keltirish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, —Devonu lug‘otit turk”da uchraydigan kiyim-kechaklar turlarining hozirgi turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek, qirg‘iz,qozoq, uyg‘ur va boshqa xalqlarda saqlanib qolganligi va ularning ko‘pchiligi asarda keltirilgan nomlari bilan kam o‘zgargan holda atalishi e'tiborga molik ishdir.
Kiyim-kechak qismlari
Kiyim-kechak va mato nomlari leksikasi, o‘z navbatida, quyidagicha kichik mavzuviy guruhlarga bo‘linadi:
Mato nomlari, ust kiyim nomlari, kiyim-kechak qismlari nomlari, kiyim- kechak tikishda qo‘llaniladigan xomashyo, buyum nomlari, bosh kiyim nomlari, oyoq va qo‘lga kiyiladigan kiyim nomlari, ich kiyim nomlari, sep nomlari.
—Devon”da kiyimga oid atamalarning ko‘plab shakllari mavjud.
Kiyim so‘zi ma‘nosining tarixiy rivojini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu nom hozirgi ma‘noda, ammo boshqacha fonetik shakllarda O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklaridan boshlab XIII-XV asrlar manbalarida kadim // kazim kadgu // kazgu tarzida, umuman, ustga kiyiladigan libos ma‘nosida uchraydi.
Eski o‘zbek tilida kadim // kazim variantining kayim, kiyim talaffuziga o‘tishi prof. S.Ye.Malov tomonidan to‘g‘ri aniqlangan16.
Har qanday kiyim, masalan, chopon, ko‘ylak, do‘ppi bir yoki bir necha bo‘lak matolardan tikiladi.

Download 61,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish