Yamoq, qism, tugun
Ulag‘ - yamog‘ (I, 143), ulag‘u, ulag‘u nen - bir narsaga ulanguday narsa, ulanadigan narsa (I, 156).
Or - kaftan yoki kamzulning qo‘ltiq osti qismi (I, 180).
Sizik ustki kiyimning bir tomoni (I, 370).
To‘ksin - to‘rt burchakli qilib tugiladigan tugun turi (I, 409).
Toqu - qamar to‘qasi (III, 246).
Kiyim - kechak tikishda qo‘llanadigan xomashyo va buyum nomlari:
Charx nomlari:
Ag‘urshag‘ - ip yigiriladigan charx dugini tutib turadigan ayrili cho‘pchalmak (I, 165).
Yetin - yung taraladigan charx (III, 383).
Chechka - to‘quvchilarning ip taraydigan tarog‘i (I, 404).
Ir// yir - dug; ip yigiriladigan dug (I, 113).
Chig‘ri - tegirmon parragi, suv chiqaradigan chig‘iriq parragi. Ipak va ip o‘raydigan charx, barcha xil g‘altakka nisbatan shu so‘z qo‘llanadi (III, 398).
Qaychi nomlari:
Bichg‘uch - qaychi. U bilan har narsani kesishadi (I, 421).
Yefshan - qo‘y yungini qirqadigan katta qaychi (chigil so‘zi) (III, 395).
Sindu - qaychi (I, 395) (o‘g‘uzcha).
Qiftu - qaychi (chigilcha) (I,394).
Ip turlari nomlari:
Butar - bardi to‘qima kiyimlikka ishlatiladigan o‘rish (uzunasiga qo‘yiladigan ip) (I, 341).
Basbal - bir tahim ip (I, 445).
Lin - ip (III, 8).
Tavpan - to‘planib, ishtonbog‘ini va sopqon bog‘lari himiriladigan ip (I, 409).
Chikin - ipak (I, 392).
Enak - ayollar bosh yopinchiqlariga bog‘laydigan ip, bog‘ich (I, 154(.
Egrik - yigirilgan ip (I, 130).
Kizo‘k - bo‘zchi do‘konidagi bir-birining ustiga to‘kilgan iplar (I, 372).
4 Nina nomlari:
Yigna - nina, katta nina, juvoldo‘z (III, 42).
Barmoq qopi - 53.
Teman, teman yinna - katta nina, igna, juvoldo‘z (I,381).
Urt - nina//igna teshigi (I, 78).
Tugma nomlari:
To‘gma - ko‘ylak, chopon va qalpoqlar bog‘ichi, tugmasi (I, 406).
Tugma - qadimiy turkiy so‘z bo‘lib, “DLT” da tugma er tugmalandi - odam ko‘ylak tugma bog‘larini ildi, taqdi (III, 220). Navoiy asarlarida tugma kiyimlarga qadaladigan buyumdan tashqari turli la‘l, yoqut singari javharlardan tayyorlangan va kiyimlarga bezak berish uchun taqiladigan ashyoni ifodalagan. Tugmaning bezak ma‘nosida ifodalanishi ba‘zi o‘zbek shevalarida hozir ham mavjud. Chunonchi, Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida tuyma- ziynat, bezak ashyosini anglatadi29.
Hozirgi o‘zbek tilida tugma, boshqa turkiy tillarda tugma-topchu so‘zlari ishlatiladi. Chunonchi, ozarbayjon tilida duyme; tatar tilida tuyma, tuymacha; qozoq tilida tuyma; janubiy qirg‘izlar tilida tuyma, tuymocho, mo’yuz, topchu - suyak tugmacha; yaqut tilida tumax, toyme va hokazo.
O‘zbek tili shevalarida: Farg‘ona, Qo‘qon, Andijonda tugma, tuyma; Namanganda tugma, tuyma; Toshkentda tume; Shahrisabz, Samarqandda sadap/sadaf tu:me; O‘shda tuymeje/tu:me; Xorazmda tuyma.
Tugma o‘g‘uz tillarida duyma, duma, ilig; qipchoq tilida topchu; markaziy o‘zbek shevalarida tugma/tuma, tuyma tarzida qo‘llaniladi.
Yung nomlari:
Yun - yung, tuya yoki qo‘yning yungi (III,373).
Yap - yapog‘ (tugilib, o‘ralashib qolgan yung) (III, 8).
Kizikli yun - kigizga mo‘ljallangan yung, jun ma‘nosida (I, 465).
Oruqluq, oruqluq jun - arqon uchun tayyorlangan yung (I, 166).
Charm nomlari:
Sag’ri - maxsus, chidamli charm (I, 398).
Charuqluq - choriqqa mo‘ljallangan charm (I, 461).
Eto „klo „k sag „ri - maxsilik saxtiyon teri (I, 167).
Taxta, qolip, gaz (o’lchov asbob)lar:
Do'stlaringiz bilan baham: |