“Kimyo – bashariyat saodati yashirilgan mo`jiza” Maqsad:O`quvchilarning Kimyoviy elementlar davriy jadvali yuzasidan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash hamda kimyoviy elementlarni o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini orttirish.
7-11-sinflarda o`tkaziladigan bu 1 soatlik tadbir o`quvchilarning kimyo faniga bo`lgan qiziqishlarini orttirishga ko`mak bo`ladi .Bu tadbirda o`quvchilar Kimyoviy elementlar davriy jadvali va ba’zi kimyoviy elementlar o`rtasidagi o`zaro she’riy tarzdagi tanishtiruv va suhbatni sahna ko`rinishida rollar orqali ko`rsatib berishadi .
Tadbirning boshlang’ich qismini o`qituvchining o`zi ixtiyoriy tarzda boshlashi mumkin.
Masalan , sahnaga oldin ikki o`quvchi chiqib kimyo fani oyligi haqida,kimyo fanining o`qitilishi ,maqsad va vazifalari ,hozirgi kunda kimyo fani oldida turgan global muammolar kabilar haqida hamda Kimyoviy elemenlar davriy jadvalining asoschisi D.I.Mendeleyevning hayoti va davriy jadval yaratilish tarixi haqida 2-5 daqiqalik ma’ruza qilishlari mumkin va keyin navbatni she’riy tarzda elementlar rolidagi o`quvchilarga beriladi.
1-boshlovchi:Assalom kimyoning oltin davridan
Assalom kimyoning olmos davridan
Assalom kimyoning dahosi sizdan
Aziz o`quvchilar sizga assalom
2) Shohlarning ahvoli hikoyatidn
Oqillar xabari rivoyatidan
Ko`z bilan ko`ngillar ro`shnolik topar
Ilmu donnish bilan oshnolik topar
3) Har sohadan ular bir so`z demishlar
Olmos bilan go`yo durni teshmishlar
Davron bilan qilib tajriba ko`p ish
Har ishda tortishgan qanchalar tashvish
4) A`lodir ularning yo`lidan yursak
Donolar so`zini bilsak tinglasak
Ular ekib ketgan har bitta nihol
Behisob mevalar bermish asal bol
Keling o`sha boqqa biz ham kiraylik
Shirin mevasidan biz ham teraylik.
“Ilmi kimyo madhi” O`quvchilar qo`llariga K I M Y O harflari bilan chiqadilar.
1) Juda qadim zamondan ma`lumdir ilmi kimyo
Insonga har tomondan foydalidir bir dunyo
Foydalanib olovdan, yedilar pishgan taom
Inson zoti taraqqiy etib ketdi batamom.
2) Kashf etildi ketma ket kimyoviy elementlar,
Kislota qotishmalar turli tuman fermentlar.
Ming-minglab allomalar tunu kun izlandilar
Goho topdilar jazo, gohida “siz”landilar
3) Moddalar tuzilishin asroriga yetdilar,
Molekula atomlarni butkul tadqiq etdilar
Olov sabab yaratildi sopol chinni buyumlar
Plastmassa, billur oyna olovbardosh quyumlar
4) Bu kun mavjud atir- upa necha yuz xil bo`yoqlar
Joziba-la tovlanadi sochu dudoq yanoqlar
Kimyo sabab tayyorlanar taomlarning ming turi
Sirka-yu non ichimliklar,totlidir bari-bari.
5) Yaratilgach zamonaviy qurilishbop ashyolar
Olam yuzin bezamoqda osmono`par binolar
Bu kun ma`lum minglab xilda kir yuvish kukunlari,
Bo`yoqlardan jilolanar go`zal uy ustunlari