Qurilmalar drayveri. Operatsion tizim doirasida turli tili qurilmalarni operatsion tizim bilan va ular orqali amaliy dasturlar bilan o’zaro aloqasi uncha katta bo’lmagan yuklanuvchi mashina kodilari orqali amalga oshiriladi va ular drayverlar deb ataladi.
Drayver operatsion tizimning standartlashtirilgan dasturiy interfeysi va tashqi qurilmaning buyruqlar tizimini birlashtirishni amalga oshiradi.
Xizmat, servis dasturlari. Odatda, dasturlar hoh u amaliy bo’lsin yoki tizimli bo’lsin, zarur bo’lgan vaqtda yuklanadi, o’z vazifasini bajaradi, so’ngra ishini yakunlaydi.
Lekin dasturlarni shunday alohida tiplari borki, ular boshqa dasturlarning so’rovlarini kutadi operatsion tizimning ayrim parametrlarini holatlarini kuzatadi. Bunday dasturlar operatsion tizim bilan bir vaqtda yuklanadi va ishini yakunlaydi. Agar dasturni ishida to’xtab qolish ro’y bersa va avariya holatida ishini to’xtatsa, u avtomatik tarzda ishga tushadi va operativ xotiraga yuklanadi. Bunday dasturlar operatsion tizimning xizmat yoki servis dasturlari deb nomlanadi. Servis dasturlariga misol tariqasida chop qilish xizmatlarini keltirish mumkin. Chop qilish xizmati bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlardan chop qilish buyrug’ini oladi, ularni navbati bilan chop qiladi.
Tizimli qobiqlar.
Dasturlar OTlar bilan amaliy dasturiy interfeys (Applicasion Programming Interfase, API) orqali o’zaro aloqa qiladi.
Foydalanuvchi harakatlarini qabul qiluvchi va ularni operatsion tizimga tushunarli bo’lgan tilga o’tkazuvchi dastur tizimli qobiqlar deb ataladi.
11
Qobiqlar grafikli (oyna menejerlari), matnli, terminal rejimda ishlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Ma’murlashtirish uskunalari. Utilitalar. Operatsion tizimda aniq bir parametrlarni sozlash va qayta sozlash, yangi amaliy dasturlarni o’rnatish, ularni konfigurasiyalarini o’zgartirish kabi ishlarni amalga oshirish taqozo qilinadi. Bundan tashqari tizimni ish holatida saqlash va unga ruxsatsiz kirish va harakatlardan himoya qilinishini yuqori darajada ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun, qator dasturlar mavjud bo’lib, ular utilitalar deb yuritiladi.
Utilitalar bilan bajariladigan ishlarga quyidagilarni keltirish mumkin: foydalanuvchilarni tizimda ishlashga ruxsat berish va bekor qilish, fayl va faylli tizimlarni boshqarish; diskli uskunalarni boshqarish, operatsion tizimning servis xizmatlarini boshqarish, yangi qurilmalarni dasturlarini o’rnatish, dasturlarni o’rnatish va yo’qotish, grafik qobiqlarni sozlash; tarmoq ulanishlarini sozlash; chop qilish vositalarini sozlash va boshqa shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |