Arxivshunoslik fanidan ma’ruza matni


Ro’yxatlar tuzish usullari



Download 165,71 Kb.
bet55/87
Sana28.01.2022
Hajmi165,71 Kb.
#414685
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
arxivshunislik

Ro’yxatlar tuzish usullariYig’majildlar ro’yxati 2 qismdan, ya’ni ro’yxatning o’zidan va unga doir ko’makchi ma’lumotnoma apparatidan iboratdir. Ro’yxatning tavsifiy qismi har bir yig’majild haqida ma’lumot beradi. Ro’yxat yakuniy yozuv bilan nihoyasiga yetadi, unda mazkur ro’yxatdagi yig’majildlar soni ko’rsatiladi.
Ro’yxatning ko’makchi ma’lumotnoma apparati titul varaqasi, so’zboshi, qisqartirilgan so’zlar ro’yxati va mundarijadan iborat bo’ladi.
R
Муаммоли савол: Архив рўйхатлари қандай вазифаларни бажаради?
o’yxat quyidagi materiallar majmuiga tuziladi:




  1. Fondning 1 yillik materiallarning ma’lum bir qismiga (strukturaviy yoki funksional tamoyildan kelib chiqqan holda);

  2. Fondning 1 yillik materiallarining barchasiga;

  3. Birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyalari materiallariga (agar bu materiallarning miqdori ko’p bo’lmasa).

Alohida ro’yxatlar quyidagi materiallar uchun tuziladi:



  1. muassasaning shaxsiy tarkibiga oid materiallarga;

  2. uzoq muddat (10 yildan ko’p) saqlanishi kerak bo’lgan materiallarga;

  3. mazkur fondning hujjatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo’lib xizmat qiluvchi materiallarga

Davlat arxivlarida ro’yxatlar ikki nusxada tuziladi. Ulardan biri daxlsiz bo’lib, ikkinchisi foydalanish uchun mo’ljallangan. Arxivlarda ro’yxatlar hisob bo’limida saqlanadi va fondlar tartibi bo’yicha joylashtiriladi. Fond doirasida esa ro’yxatlar raqam tartibiga qarab joylashtiriladi. Ro’yxatlar va fondlar to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni topish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida ro’yxatlar reyestri tuziladi.
Ro’yxatlar tuzishning turli usullari mavjuddir. O’zbekiston arxivlarida ro’yxatlarni alohida varaqlarga yozish (listovaya forma) ko’proq qo’llaniladi.
Ro’yxatlarning tavsifiy qismida yig’majildning raqami, indeksi, sarlavhasi, hujjatlarning tashqi belgilari, asl nusxa ekanligi, yaratilish usuli, annotasiya, sanalari hamda varaqlarning umumiy miqdori ko’rsatiladi.
Yig’majildning muqovasida keltirilgan barcha ma’lumotlarning to’g’riligi tekshirib ko’rilgach, yig’majild ro’yxatiga kiritiladi. Bir necha jild (tom) dan iborat yig’majildning hir bir jildiga alohida tartib raqami beriladi.
Ro’yxatga yig’majildning sarlavhasi uning muqovasida qanday berilgan bo’lsa, shunday yoziladi. Hyech qanday o’zgarishlar yoki qisqartirishlarga yo’l qo’yilmaydi. Yig’majildda annotasiya mavjud bo’lgan taqdirda u sarlavhadan so’ng yangi satrdan yoziladi. Shu yerda yig’majildning tashqi belgilari ham aks ettiriladi. Sanalar sarlavhadan so’ng yoziladi. «Izoh» nomli grafada yig’majildlarning jismoniy holati, ayrim yig’majildlar yoki hujjatlarning boshqa fondga o’tkazilganligi qayd etiladi. Shu joyning o’ziga yig’majildning mikrofilpmlashtirilganligi, ko’chirma nusxalarinin mavjudligi, xorijiy tillardan tarjima qilinganligi va qiyin matnlarning rasshifrovkasi (izohi) haqidagi ma’lumotnoma yoziladi. Ro’yxat yakunlovchi yozuv bilan nihoyasiga yetadi. Yakuniy yozuvda yig’majildlarning miqdori va raqam tartibi, sana, tuzuvchining ismi-sharifi, Piter varaqalarning mavjudligi qayd etiladi. Yig’majildlar miqdori raqam va so’zlar bilan yoziladi.



Download 165,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish