Arxivshunoslik fanidan ma’ruza matni



Download 165,71 Kb.
bet63/87
Sana28.01.2022
Hajmi165,71 Kb.
#414685
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
Bog'liq
arxivshunislik

Sharhning tuzilishiSharhlar odatda ikki qismdan iborat bo’ladi: sharhning o’zi va ko’makchi ma’lumotnoma apparati. Sharhda ma’lumot obyekti bo’lgan hujjatlarning tarkibi va mazmuni bayon etiladi. Sharhda hujjatlarning tarkibi va mazmuni haqidagi axborot annotasiya deb ataladi. Annotasiyalar bir xil shakl yoki mazmundagi hujjatlar guruhiga yoki bo’lmasa alohida hujjatlarga tuzilishi mumkin.



Muammoli savol: Sharhlar tuzishning asosiy qoidalari
nimalardan iborat?

Sharh quyidagi asosiy tarh (sxema) lar asosida tuziladi: tarkibiy, tarqoq (funksional), mavzuiy, xronologik, nominal. Tarkibiy va nominal tarhlar fondlar sharhini tuzishda ham, mavzuiy sharhlar tuzishda ham qo’llanadi.


Shaxsiy fondlarga sharh yozishda esa mutlaqo boshqa yo’ldan boriladi. Mazkur fondlarda shakl va mazmun jihatidan xilma-xil hujjatlar saqlanishi sababli ularni sharhlashda yagona tarhni qo’llashning iloji yo’q. Bunday sharhlarni tuzishda odatda shaxsiy fondlar hujjatlarini bir tizimga solishning namunaviy tarhidan fodalaniladi (biografik ma’lumotlar, xizmat va jamoat faoliyati, tasviriy materiallar, qarindoshlari haqidagi materiallar va hokazo.).
Ayrim arxivlarda mavzuiy sharhlar tuzishda fond tarhi (sxemasi) qo’llanilmoqda, ya’ni har bir fondning ma’lum bir mavzuga oid materiallariga alohida sharh beriladi. Ammo bunday tarhdan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki bu xol bir xildagi ma’lumotlarning ko’p marotaba takrorlanishiga olib keladi.
Sharhlarda hujjatlarning tahlili chuqur va aniq bo’lishi, fond yoki mavzu bo’yicha aniq, ixcham ma’lumotlar berilishi kerak. Sharh tuzish chog’ida hujjatlarga annotasiya yozish bilan birga ularning manbashunoslik tahlili ham berilishi zarur.
Tayanch iboralar


Arxiv hujjatlari sharhi – alohida hujjatlar majmuasining tarkibi va mazmuni to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomasi
Arxiv fondlari sharhi – ma’lum arxiv fondi (yoki fondlari) hujjatlari tarkibi va mazmuni to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomasi
Mavzuiy sharhlar – biron-bir mavzuga doir hujjatlarning (qaysi fondga mansubligidan qat’i nazar) tarkibi va mazmuni to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomasi
Annotasiya – hujjat (yoki hujjatlar) ning tarkibi va mazmuni haqidagi axborot
Sharhlar tarhi (sxemasi) – arxiv sharhlarini yozishda qo’llaniladigan asosiy tamoyillar (tarkibiy, funksional, mavzuiy, xronologik, nominal)


Nazorat savollari



  1. Arxiv hujjatlari sharhi deganda nima tushuniladi?

  2. Sharhlar tuzishdan asosiy maqsad nima?

  3. Sharhlar qanday xillarga bo’linadi?

  4. Fondlar sharhi nima?

  5. Mavzuiy sharh deb nimaga aytiladi?

  6. Qanday fond va hujjatlarga sharhlar yozish shart emas? Aksincha, qanday yig’majildlarga sharh yozish shart va zarur?

  7. Sharhlar qanday qismlardan iborat?

  8. Sharhlar tuzish tarhi (sxemasi) haqida so’zlab bering.

  9. Shaxsiy fondlarga sharh yozishning xususiyatlari nimalardan iborat?

  10. Sharh yozishning fond tarhi (sxemasi) qanday kamchiliklarga olib kelishi mumkin?

  11. Hujjatlarga annotasiya yozshi deganda nimani tushunasiz?

Manbalar va adabiyotlar



  • Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.

  • Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.


Download 165,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish