12 - Mavzu: Arxiv ro’yxatlari
Reja:
Arxiv ro’yxatlarining vazifalari
Ro’yxat tuzish usullari
Ro’yxatni tuzishda differensial yondashuv
Ro’yxatlarning vazifasiRo’yxatlar bir vaqtning o’zida ham hisob hujjati hamda hujjatlarning mazmuni haqidagi ma’lumotnomadir. Arxiv ro’yxati – bu ma’lum bir fondda saqlanayotgan yig’majildlarning sarlavhasi va boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan ma’lumotnoma hisoblanadi.
Ro’yxatlar bir vaqtning o’zida 3 xil vazifani bajaradi: yig’majildlar hisobini ta’minlash, ularning fondlar ichidagi tizimini ta’minlash, ularnin tarkibi va mazmunini aks ettirish. Ro’yxatlar birlamchi ma’lumotnoma bo’lib, boshqa axborot-qidiruv ma’lumotnomalari bo’lmish kataloglar, yo’lko’rsatkichlar va arxiv sharhlarini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |