MTM binolarining arxitekturaviy - rejaviy yechimlari
Maktabgacha tarbiya muassasalari binolari yasli va bog’cha guruhlaridan, shuningdek ma’muriy-maishiy xizmat xonalari va umumiy xonalar guruhlaridan iborat. Yasli va bog’cha bloki guruh va o’yin xonalari, yechinish va qabul qilib olish, yotoqxona,hojatxonalar, bufet xonalari kiradi. Ma’muriy - maishiy xizmat xonalari ovqat tayyorlash bloki, kir yuvish xonasi, maishiy xizmat xonasidan iborat. Maishiy xizmat xonasi esa yasli bog’cha mudiri xonasi, xo’jalik mudiri va xizmat qiluvchi xodimlar xonasidan iborat. Umumiy xonalar blokida musiqa va badantarbiya zali, tibbiyot xonalari guruhi joylashadi.
MTM binolarini uchastkalarda qizil chiziqdan kamida 15 m masofada joylashtirish kerak. Bunda asosiy bolalar xonalarini (o’yin, ovqatlanish, guruh xonalari) janub, janubi sharq va sharqqa tomon mo’ljallab joylashtirilishni ta’minlash zarur. Bolalar muassasasini rejalashda eng muhim talab bolalar guruhlarining bir-biridan yaxshi izolyatsiya qilinganligi hisoblanadi. Bu maqsadda har bir guruhning barcha xonalari alohida kirish eshigi bulgan mustaqil majmuaga birlashtirilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Amaldagi normalar bilan MTM binolarini ikki qavatli, ayrim hollarda esa uch qavatli qilib loyihalashga ruxsat etiladi. MTM binolarini blok kompozitsiyasi asosida loyihalash zarur. Derazalar o’lchamlarini oshirish va yirik ajratmali, yuqori qismida fromugali pereplyotlarning oqilona konstruktsiyasini qo’llash yo’li bilan yoritilganlikni oshirishga erishish mumkin, bunda pereplyotlarning shakli ham interьer elementi hisoblanadi. Deraza tokchalarini pol sathidan 50-60 sm balandlikda qilish lozim.
MTM arxitekturasida qurilish materiallarining rangi va fakturasi turli ko’rinishdagi dekorativ sa’nat namunalarining qo’llanilishi alohida ahamiyatga ega. Binoga metalldan, rangli g’ishtdan, qush va xayvonlarning tasvirlari va ornamentlari,sopol kiritmalar alohida xususiyat bag’ishlash mumkin.
Loyixani oxiriga yetkazish uchun majmua binolarida biror monumental tasvirlarni, dekorativ elementlarni, barelьeflarni, shuningdek MTM binolarining obrazli-badiiy ifodasini kuchaytirish uchun qo’shimcha hajmlarni nazarda tutish zarur. Bosh kiraverish xududi, o’quv bloklari chekkalari, oraliqlar orasidagi to’siqlar, ustyopma va boshqalar ana shunday joy bo’lishi mumkin.
Bolalar muassasalari ommaviy qurilish ob’ektlari bo’lgani uchun ularni doim konstruktsiyalarning yig’iluvchanlik darajasi katta bo’lishiga xisob qilib loyihalashga intilish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari turli sig’imlarda loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta joygacha. Binoning maksimal balandligi -2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli bino qurilishga yo’l qo’yiladi).
Maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha xonalari uchta katta guruhga bo’linadi:
bolalar guruhlarining har bir uchun xonalar - guruh yacheykalari (asosiy guruh xonasi va yotoqxona);
umumiy xonalar – musiqiy va gimnastika mashg’ulotlari uchun zal;
tibbiy, xizmat - maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish xonasi.
Maktabgacha ma’lim muassasalari maydonlarini bitta bolaga m2 hisobidan quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |