Xonaning nomlanishi
|
Umumiy turdagi MTM lari
|
Ixtisoslashtirilgan MTM lari
|
Echinish-kiyinish xonasi
|
0,9
|
1,2
|
Guruh xonasi, dam olish zonasi bilan
|
4,3
|
5,7
|
Hojatxona
|
0,8
|
1,0
|
Bufet
|
0,15
|
0,2
|
Maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladigan xona
|
-
|
1,6
|
Musiqa mashg’ulotlari o’tkaziladigan xona
|
2,0
|
4,0
|
Gimnastika mashg’ulotlari o’tkaziladigan xona
|
4,0
|
5,0
|
Maktabgacha ta’lim muassasasining funktsional sxemasi
1 – kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 – maktabgacha yoshdagi bolaar uchun guruh yacheykalari; 3 – aralash yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 4 – guruh honalari (birinchi sinf bolalari uchun); 5 – musiqa mashg’ulotlari uchun xona; 6 – badantarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladigan xona; 7 – basseyn; 8 - maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladigan xona; 9 - tibbiy xona; 10 –ma’muriy-xo’jalik xonasi; 11 - ovqat tayyorlanadigan blok; 12 – kir yuvish xonasi.
Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha – 10 ta bola; 1 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta bola; 3 yoshdan 7 yoshgacha – 20 ta bola.
Derazalarning eng maqbul yo’naltirilishi – J., J. – SH., SH.
Turli yosh guruhlarining guruh yacheykalari alohida joylashtirilishi lozim. Bunda MTM lari binolarida vertikal-gorizontal funktsional zonalashtirish keng qo’llaniladi: maktabgacha yoshdagi bolalarning guruhlari ikkinchi qavatda, kichik yoshdagi bolalarning guruhlari birinchi qavatda joylashtiriladi. Ikkinchi yoki uchinchi qavatda joylashgan maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlarining yechinish-kiyinish xonalari 1-qavatda joylashtirilishi mumkin.
Har bir guruh yacheykalarida kamida ikkitadan chiqish yo’llari bo’lishi kerak. Kichik yoshdagi bolalarning ikkita guruhi yoki maktabgacha yoshdagi bollarning to’rtta guruhli uchun bitta umumiy chiqish yo’li bo’lishiga ruxsat etiladi.
Musiqa va gimnastika mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan zallar, odatda, 1-qavatda joylashtiriladi, zarurat tug’ilganida ikkala zal birlashtiriladi. Zallarga qo’shimcha qilib inventarь saqlanadigan xonalar ham ko’zda tutilishi lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi xonalar joylashtirilishida quyidagi yangi tendentsiyalarni kuzatish mumkin:
- maktabgacha yoshdagi bolalari uchun guruh xonalarining boshlang’ich
sinf xonalari bilan birlashtirilishi;
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun qisqa muddat mashg’ulot o’tkaziladigan turar-joylar qoshidagi xonalarning (har bir bola uchun 4 m2 hisobida) joylashtirilishi;
Guruhida 10 ta boladan ko’p bo’lmagan oilaviy bolalar bog’chalari ikki tomonida ham chiqish yo’llari bo’lgan, 2-qavatdan yuqorida bo’lmagan va olovbardoshlikning kamida II darajasiga ega binolardagi xonadonlarda joylashtiriladi. Bunda xonadonlar avariya chiqish yo’llari bilan ta’minlanishi va bino yaqinida bolalar maydonchalarini tashkil qilish ko’zda tutilishi kerak. Bu kabi muassasalardagi xonalar tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi zarur: yechinish-kiyinish xonasi, dam olish zonasi bo’lgan bolalar o’ynashi uchun xona, hojatxona, bufet xonasi, xodimlar uchun sanitariya bloki.
Ixtisoslashgan MTM larda 3x7 m o’lchamli vannasi bo’lgan basseyn loyihalashtiriladi.
Basseyn xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- vanna xonasi;
- yechinish-kiyinish xonasi;
- dushxona;
- hojatxona;
- murabbiy xonasi;
- tibbiyot hamshira xonasi;
- texnik xonalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining tibbiyot xonalari quyidagilardan iborat bo’lishi zarur:
- tibbiyot xonasi;
- muolajalar xonasi;
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona).
Tibbiyot xonasi yo’lakdan alohida kirish eshigiga ega bo’lib, izolyator palatalarining biri bilan yondosh bo’lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik, maydoni 4-6 m2 qilib, alohida, bosib o’tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi.
Xizmat - maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mudir xonasi;
- xo’jalik mudirining xonasi;
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo’lmalari bo’lgan garderob
xonasi;
- metodik xona;
- xo’jalik omborlari;
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko’zda tutilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining binolarida xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi ovqat tayyorlanadigan blok loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- oshxona, tarqatish bo’lmasi bilan;
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi;
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona;
- yuklash xonasi;
- xodimlar xonasi;
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo’lmasi.
Kompozitsion yechim maktabgacha ta’lim muassasalari xonalari joylashtirilishining zichlashtirilgan, blokli va pavilьon ko’rinishidagi uchta asosiy turini belgilab beradi.
Zichlashtirilgan (markazlashtirilgan) tur – muassasa sig’imi kichik bo’lganida qo’llaniladi, undagi barcha funktsional xonalar bitta binoda joylashtirilishi ko’zda tutiladi.
Blokli turga mansub binolarda turli funktsional guruhlar turli bloklarda joylashtiriladi. Sig’imi 140 o’rindan 220 o’ringacha bo’lgan MTM larini loyihalashtirishda qo’llaniladi.
Pavilьon ko’rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda qo’llaniladi. Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |