MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muxofaza qilish,
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va UmumEvropa, Evroosiyo bozorini shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o‘tkazish;
-bojxona siyosatini birga olib boorish;
-tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berilmoqda, O‘zbekistonning MDH doirasidagi ishtirokini quyidagi holatlar belgilab bergan edi.
-YAngi mustaqil davlatlarning ko‘p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;
-Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida bo‘lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o‘zaro aloqalarini uzib qo‘yilishi ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
-MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi;
-YOsh mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeyini saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi;
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni o‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integrasiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukrayina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
O‘zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir.
2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. SHu yili ikki davlat Prezidentlari jami etti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni I.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. YOqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |