V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir mln. ortiq rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratiladi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |