Arxeologiya va etnologiya fanidan savollarga javoblar. Tosh davri xususiyatlari



Download 175,5 Kb.
bet4/17
Sana20.03.2022
Hajmi175,5 Kb.
#503167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
101 arxeologiya 100 200

Samarqand makoni - So‘nggi paleolit davrining eng noyob yodgorligi hisoblanadi. U 1939 yilda geolog N.G.Harlamov tomonidan Samarqand shahridagi qadimgi Siyobcha soyi yoqasidan topildi. Makonda I.D.Lev va I.Jo‘raqulovlar 1969 yildan 1972 yilga qadar tadqiqot ishlarini olib bordilar. 2002 yilda SamDU arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan tadqiqot ishlari yana davom ettirilgan. Uning madaniy qatlamidan 7,5 mingga yaqin tosh
qurollar topilgan. Ulaming aksariyati chaqmoqtosh, xalcedon, diorit, amfibolit, rogovik kabi tosh jinslaridan yasalgan. Makondan xilma xil qurollar topilgan; qirg'ichlar, keskichlar, sixlar, pichoqchalar, disksimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar, yupqa paraqalar va boshqalar. Bular orasida hayvon terilarini ishlash uchun mo'ljallangan qirg‘ichlar, teshgichlar, suyakdan yasalgan mehnat qurollari diqqatga sazovordir. Tosh boltalar va yo‘ng‘ichlar
o‘ziga xos ravishda ishlangan. 2002 yilda G.F.Korobkova makondan topilgan tosh qurollaming
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Makonning madaniy qatlamlaridan gulxanmqoldig'i, kul, hayvon suyaklari, o‘simlik, chayla ustunlari qoldiqlari topilgan. U soy bo‘yida boMib, maydoni 100 kv m, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan.Samarqand makonini D.N.Lev 30— 35 ming yilliklarga oidliginianiqladi. Ammo keyingi tadqiqotlar, uning yoshini mil.avv. 20ming yillik bilan belgilashni to‘g‘ri deb topmoqda.
13. Kaltaminor madaniyati.
Kaltaminor madaniyati 0 ‘rta Osiyoning g ‘arbiy va shim oli-g‘arbiy tomonidagi erlarida keng tarqalgan. Uning shim oli-g‘arbiy chegarasi Ural daryosining o‘rta va quyi oqimlarigacha, g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha borib taqalgan. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta territoriyasida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan. Kaltaminor madaniyatini o ‘rganish jarayonida olimlar uning
rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. Y I-IY ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IY—III ming yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. Ill ming yillik oxiri -II ming yillik boshlariga oid). Oqchadaryo havzasidan ko‘plab kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar topilgan. Ulaming 3-4 ta manzilgohining madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Bular Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir.
14. Nomozgoh eneolit davri makoni.
B.A.Kuftin va V.M. Massonning janubiy Turkmanistonda olib borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish bosqichlarini aniqladilar va eneolit davri rivojlanishi ilk, oM'ta, so‘nggi bosqichlarga boMdilar. Ular tadqiqoti natijasiga koM'a,
Nomozgoh- 1-ilk eneolit davriga, N am ozgoh-2-o‘rta eneolit davriga , Nam ozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug'orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo'jalikning asosinitashkil etgan. Namozgohtepa — eneolit va jez davriga oid qishloq harobasi. Jan. Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida joylashgan, maydoni 70 ga. 1949—52 yillarda prof. B. A. Kuftin boshchiligidagi arxeologlar guruhi qazishmalar olib borgan va butun Oʻrta Osiyo eneolit va jez davriga tegishli arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqilgan. 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab yodgorlikni keng koʻlamda oʻrganish ishi bilan V. M. Massoy boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi shugʻullanib kelgan. N.da madaniy qatlamning qalinligi joylarda 34 m gacha boradi. N. madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga (Na-mozgoh 1—6) boʻlingan. Ulardan Namozgoh 1—3 eneolit davriga, Namozgoh 4—6 esa jez davriga oiddir. Namozgoh — 1 (ilk eneolit) davrida aholi xom gʻishtdan kurilgan bir xonali uylarda yashagan. Namozgoh — 2 (oʻrta eneolit) davriga kelib, uy-joy qurilishida koʻp xonali uylar paydo boʻladi, bu davr qishloklarining atrofida mudofaa devorlari qad koʻtara boshlagan. Koʻp xonali uylar orasida doyra shaklida otashgohlar qurilgan. Namozgoh — 3 davriga kelib (soʻnggi eneolit), qishloklarning hududi ancha kengayadi, uy-joy majmualari qoshida hovlilar paydo boʻlgan, hovlilarni birlashtiruvchi tor koʻchalar rasmiylashadi, koʻchalar esa qishloq markaziga joylashgan ochiq maydonga tutashadi. Eneolit davrining mehnat qurollari, asosan, toshdan, suyakdan va qisman misdan ishlangan. Sopol ishlab chiqarishda hali kulollik charxi kashf etilmagan, sopol idishlar qoʻlda yasalgan. Mas, Namozgoh — 1 davri idishlariga qora mineral rang bilan geometrik naqsh berilgan. Namozgoh — 2 bosqichi sopol idishlarining shakli va ularning sirtiga tushirilgan naqshlar sodda va koʻp jihatdan Namozgoh — 1 sopollaridan kam farq qilsada, ammo Namozgoh — 1 davrining "monoxrom" naqshlari oʻrnida Namozgoh — 2 davrining "polixrom" naqshli sopollar yasala boshlagan. Namozgoh — 3 davriga kelib, av-valgi sodda qilib ishlangan geometrik naqshli sopollar oʻrnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi. Sopollarga "gilam gulli naqsh" deb yuritilgan bezak berilgan. Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng tuye oladi. Bu esa urugʻdoshlik jamoasining diniy tasavvurlarini "totemlar" koʻrinishida namoyon boʻlishidan guvoxlik beradi. Eneolit davri xoʻjaligining asosini sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Namozgox, — 2 davridan boshlab sunʼiy suv omborlari qurish boshlanadi. Namozgoh — 4 davri majmualari N.da ilk jez davrining boshlanishidan guvoxlik beradi. Dehqonchilik va xonaki chorvachilik xoʻjaligi, hunarmandchilikning turli sohalari keng rivojlanadi. Namozgoh — 4 davrining soʻnggi bosqichida kulollik charxi kashf etiladi. Natijada sopol ishlab chiqarish sohasida shunday sezilarli oʻzgarishlar yuz beradiki, oqibatda Oʻrta Osiyoning janubiy rayonlari oʻz taraqqiyoti bilan koʻp jihatdan Qad. Sharq madaniyatiga yaqinlashib qoladi. Sopol ishlab chiqarishda biko-nik shakldagi idishlar., qadah va vazasimon idishlar paydo boʻladi. Idishlarning sirtiga daraxtlar, echki va qushlarning suratini solish keng tuye oladi. Idishlarga "gilam gulli naqsh" solish davom etadi. Shu bilan birga Namozgoh — 4 davrining soʻnggi bosqichida tiniq rangli gulsiz sopollar koʻpayadi. Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish kuzatiladi. Namozgoh — 5 bosqichida jez davrining gullagan pallasi boʻlib, har sohada rivojlanishning kjsak darajasi kuzatiladi. Sopol ishlab chiqarish korxonalarining mahsuloti toʻlatoʻkis tovar harakterini oladi. Sopol idishlarning turi va xili koʻpayadi. Sopollarning mutlaqak-sariyati naqshsiz ishlab chiqariladi. Meʼmorlikda monumental inshootlar qurish keng tuye oladi. Tom maʼnodagi ilk shahar shakllanadi. Namozgox. — 5 davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtiso-diy va madaniy oʻzgarishlar Namozgoh — 6 davrida yanada kengroq va chuqur-roq davom etadi. N.da soʻnggi davr katlamlari kam uchratildi. Buning boisi, aynan shu davrdan eʼtiboran metropo-liyalardagi shahar xayoti yangi mintaqalarga koʻchadi (Mas, Murgʻob voqasi va Qadimgi Baqtriyaga).
15. O’zbekiston ilk paleolit davri yodgorliklarini o’rganilishi.
0 ‘zbekiston hududidan ashel davriga oid yodgorliklami o‘rganishda U.Islomov, K.A.Kraxmal, M.Qosimov, T.Omonqulovlarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Selungur makoni - Farg‘ona vodiysi hududida ashel davriga oid eng noyob makon. Selungur g‘ori Farg'ona shahridan janubiy— g‘arbda Haydarkonning g‘arbiy chekkasida joylashgan. Selengur g‘ori
dastlab 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan va u erdan bir necha tosh uchrindilar topilib, ularning yoshi so‘nggi paleolit davriga oid deb beigiiandi. 1980 - 1988 yillarda arxeolog OMslomov boshchil igidagi 0 ‘zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirdi. Tadqiqotlar davomida 7 metr chuqurlikda 0‘rtacha qalinligi 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo‘l cho‘qmori, to‘mtoq boltalar,pichoqsimon qurollar, ko‘plab tishli qurollar, qush tumshug'iga o‘xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel davriga mansub qo‘l cho‘qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir. U nayzasimon shaklga ega bo‘lib, qizil yashma toshdan tayyorlangan. Makonning eng muhim topilmalari bo‘lgan odam suyaklari 3- va 2- qatlamlardan topilgan. U erdan odamning elka suyagining bir bo‘lagi, bosh suyagi engak qismining bir bo‘lagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel davrida yashagan arxantroplar deb topdilar. Selengur odamining yashash davri vauning tuzilishi to‘g‘risida munozaralar hali tugagan emas. Bu erda
topilgan tishlar 4ta shaxsga mansubligi aniqlangan. Shulardan biri pastki
tish bo‘lib, 40 yoshlardagi ayolniki degan fikrga kelingan. Selungur odami o ‘ziga xos tuzilishga ega. U arxantroplar va poleantroplar o‘rtasida oraliq masofani egallaydi. Unda arxaik tuzilishning saqlanishi olimlar fikricha, dag‘al o‘simliklar bilan ♦oziqlanganligidir. Antropolog
A.Zubov fikricha esa, u arxantroplarning maxalliy turidir. Olimlar uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish uchun unga Ferganatrop deb nom berdilar. Mazkur odam olovdan foydalangan, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan. Ferganatropning topilishi 0 ‘rta Osiyoning ilk paleolit davrida o‘zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Selungur makonining yoshini aniqlashda ham ilgari olimlar uni bundan 800-ming yillar oldin yashagan degan umumiy xulosani bergan edilar.Lekin keyingi davrlarda arxeologlar K.Kraxmal va
O.Islomovlarning olib borgan tadqiqotlari va bu ishga ko‘pgina soha mutaxassislarini jalb qilinishi natijasida makonning yoshini 1,2 mln. Yil deb belgilandi.Ko‘lbuloq makoni. Angren shahridan 10-12 km g ‘arbda joylashgan Oblik qishlog‘idan 5 km shimoliy-g'arbdagi qirlikda joylashgan. KoMbuloq manzilgohi ko‘p qatlamli bo‘lib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davriga oid qatlamlari bo‘lib, u yerdan bugungi kunda 49 madaniy qatlam topilgan. Bu makon 1963 yilda dastlab aniqlangan. Hozirgacha uning 19 m chuqurlikkacha bo‘lgan joyida tadqiqot o‘tkazilib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oid asholar topib o‘rganildi. Ilk paleolit davriga oid qatlamidan qo‘l cho'qmorlari, ishlanish texnikasi o'ziga xos bo'lgan sodda tosh qirg‘ichlari topilgan. Shuningdek, bu erdan kul, ko‘mir qoldiqlari va har xil hayvon suyaklari topilgan. Ko`lbuloqda istiqomat qilgan odamlar ovchilik, termachilik bilan hayot kechirganlar. Mustaqillik yillarda ilk paleolit davrini o‘rganishda ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunda arxeolog olimlar 0 ‘. Islomov, K.Kraxmalning xizmatlari kattadir.
16. Zarafshon vohasi muste davri yodgorliklari.

Download 175,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish