antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan.
Mil. avv. I ming yillik yunonlar bosqini va ularning keng hududlar bo’ylab tarqalishlari bilan bog’liqdir. Yunon manzilgohlari turli joylarda barpo etilib, metropoliyalarida bo’lgan antik jamiyat uchun xos bo’lgan quldorlik tuzumini olib kelishdi. Bu davrda Yunonistonda muhim ijtimoiy jarayon – quldorlik jamiyatining shakllanishi va mustahkamlanishi yuz bergan edi. Quldorlik tuzumining rivojlanishi natijasida ozod dehqonlar xizmatidan ko’ra qullar mehnatidan foydalanish kuchaydi. Bu esa ozod dehqonlar sonini tobora kamaytirib, ularni yerdan mahrum qilib qulga aylanishlariga olib keldi.
Yunonistondagi qullarning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi natijasida ular orasida o’limni kuchaytirdi, bu esa mazkur davlatni qullar mehnatiga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Yunon bosqini mil. avv. VIII asrdayoq O’rta Yer dengizi bo’ylaridagi yerlarni bosib olinishi bilan boshlangan bo’lib, mil. avv. VII asrga kelib yanada kuchaydi. Bu hududda vujudga kelgan yunon shaharlari – koloniyalar metropoliyalardan mustaqil holda boshqarilar edi. Ular O’rta Yer dengizi bo’ylarida yashovchi qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sezilarli ta‘sir o’tkazishdi.
Vaqt o’tishi bilan yunonlar o’z hududlarini tobora kengaytirib Shimoliy Qora dengiz bo’ylarini ham bosib ola boshlaydilar. Bu yerdagi eng qadimiy yunon koloniyalaridan biri Dnepropetrovsk-Bugskiy rayoni bo’lgan. Bu yerda Berezan orolida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari jarayonida aholisi asosan baliqchilik bilan shug’ullangan ilk yunon manzilgohlaridan biri ochib o’rganilgan. Koloniya ioniy qabilalariga tegishli bo’lib, bu yerdan topilgan sopol buyumlari ioniy uslubda – kulolchilik charxida yasalgan va juda sifatli qilib pishirilgan va turli afsonaviy manzaralar, o’simliksimon va geometrik naqshlar solingan.
199-Qora dengiz bo’yi antik madaniyati-Temir davri boshlarida Orol bo'ylari, Qozog'iston cho'llari, Qora
dengiz bo‘ylari, Kaspiy orti va janubiy Sibir hududlari dashtlarida
ko'chmanchi chorvador qabilalar iste’qomat qilishgan. Yozma
manbalarda ko'rsatilishicha, bular kimmeriy, skif, sak, massaget,
savromat, sarmat qabilalari boMgan.
200-O’zbekiston hududida antic davr madaniyatlari-Sak qabilalaridan Tagisken, Uygarak, Issiq va Chiliktin qo‘rg‘onlari saqlanib qolgangisken m ozor-qo‘rg‘onlari Orol dengizining sharqiy qismida
joylashgan. U erdan 70dan ortiq m ozor-qo‘rg‘onlar topilgan boMib,
ulardan 38 tasi o'rganilgan. Tadqiqotlar jarayonida ularning ba’zilari
bronza davriga, ba’zilari ilk temir davriga oid ekanligi aniqlandi.
Tegisken mozor-qo‘rg‘onlari murakkab konstruksiyali monumental
inshootlar bo‘lib, yirik hajmdagi xom gMsht va yog'ochdan qurilgan.
Ular o‘z shakllariga ko‘ra o‘tovga o‘xshaydi.
Mozor -q o ‘rg‘onlaming har biri urug‘ oqsoqoli yoki qabila
boshlig‘iga tegishli bo‘lib, ularning ichidan sopol, bronza. oltindan
ishlangan buyumlar va hayvon suyaklari topilgan. Hayvon suyaklari
qurbonlikka so‘yilgan hayvon go‘shtining bir qismi bo‘lib, chorvadorlar
odati bo‘yicha uni marxum bilan birga qo‘yishgan.Uygarak mozor- qo‘rg‘oni -quyi Sirdaryo bo‘yidagi Inkardaiyoga
yaqin bo‘lgan Uygarak tepaligida joylashgan. M il.aw . VII-V asrlarga
oid 70ga yaqin mozor qo‘rg‘on o'rganilgan. Bu erdan yoqilgan va
m a’lum bir marosimlar bo‘yicha ko‘milgan jasadlar topilgan. Ularning
yonida sopol buyumlar, zargarlik buyumlari, ot anjomlari, bronza o‘q
uchlari va boshqalar topilgan. Mozor-qo‘rg‘onlar qadimgi davrlardayoq
o‘g‘irlab ketilgan boMsada, o‘sha davr madaniyati haqida darak beruvchi
materiallar saqlanib qolgan.
Tagisken va Uygarakdan topilgan moddiy buyumlar hayvoniy
uslubda ishlangan dastlabki buyumlar ekanligi isbotlangan. Bu esa, Old
Osiyo, Oltoy va Janubiy Sibir hududlari bilan madaniy aloqada 0 ‘rta
Osiyoning o‘mi kattaligini isbotlaydi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |