Dakishna – qadimgi hind mifologiyasida braxmanga berilayotgan saxrallashtirilgan sovg’a. Ayrim vaqtlarda sovg’a-in’omlar va boylik olib keluvchi ma’buda.11
Devi («ma’buda») – hinduizm mifologiyasida Shiva xudosining xotini. Uning kulti qadimgi (er. avv. III ming yillik) ona-xudo kultiga borib taqaladi. Hinduizm xudolar panteoniga asosiy xudolarning rafiqalarini kirgizadi, shulardan biri Devi edi. U ayrim xalqlarda kamsuqum va mehriboy, ayrim vaqtlarda esa qahrli ma’buda bo’lgan. Devining ijobiy ko’rinishi va boshqalar; qahrli holati esa Durga, Kali, Chandi, Maxeshvari va boshqalar edi.12
Do'stlaringiz bilan baham: |