Mif va mifologiya, eng avvalo, antropomorfizm – tabiatdagi narsalarga ham odamga xos deb qarashni va xudolarni odam qiyofasida tasavvur qilishni ifodalaydi.
Mif va mifologiyaning qadimgi e’tiqodlardan farqi shundaki, u olamdagi barcha mavjud munosabat va qadriyatlarni izohlashni o‘z ichiga oladi. Bu o‘sha davrlarni bilishning o‘ziga xos nazariy asosi va maxsus shaklidir. Negaki, bilim – yorqin rang-baranglik, ifodalilik, jo‘shqinlikdir. Mifologiya dastlabki bosqichda kishilar uchun bilim o‘rganish va mustahkamlashning yagona manbai va usuli emasligi dargumon. Biroq L. S. Vasilyevning ta’kidlashicha, bilimni mustahkam-lash mifni o‘rganish yo‘li bilan emas, balki uning udumlari, marosimlarining amalda takrorlanib tarqalishida sodir bo‘ladi. Mif va marosim arxaik madaniyatning go‘yoki ikki tomoni, ya’ni so‘zdagi va harakatdagi, nazariy va Amaliy jihatlaridir. Mifologik bilim ilmiy haqiqatga muayyan miqdorda daxldordir.
Mifologik bilimning ikkita asosiy ijtimoiy vazifasi bor:
ushbu umumiylikning asosiy vazifalarini, ularning odatiy mavjudligini kishilar ongiga sindirish va mustahkamlash, xususan, shakllangan qoidalarni tasdiqlash, qonuniylashtirish va hatto jamoani tiklash va barqarorlikni ta’minlash uchun ularni an’anaga aylantirish;
jamoani qo‘rquvdan xalos qilish maqsadida va ruhiy halovatni kafolatlashda atrof muhit bilan hamda butun tashqi olam bilan mustahkam aloqa o‘rnatish va uni ta’minlash1.
Mif olamning mavhum g‘oyalardan buzilgan tarzini o‘zida namoyon qilib, noaniq va quruq muhokamalarning shakllanishiga imkon beradi. Ya’ni, dastlabki davrda insonni o‘zini chulg‘ab turgan aniq kundalik ishlardan chalg‘itib, xayoliy poetik olamga olib kiradi. Mif olamni jamoa bo‘lib an’anaviy his qilishdir, negaki, shu asosda u har doim ilk diniy tasavvurlar majmuining negizi hisoblangan. Mif í dastlabki dunyoqarashning zaruriy, muqarrar shaklidir. Umum tasavvurlar mifning
1 Musaev N.U. Azimov H.I. Madaniyatshunoslik. í Ɍ., 2010. í 40-ɛ.
shakllanishiga sabab bo‘lolmaydi va hissiy tajriba-kuzatishlar uchun ham, noaniq – mavhum mulohazalarga ham asos bo‘lolmaydi. Guruhlar tushunchasi, eng avvalo, butun borliqni o‘ziga qo‘shib hissiy qayg‘urishga tayanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasida neolit davri ancha oldin boshlangan. Bunga mil. av. VI ming yillikda Kopetdog‘ etagida vujudga kelgan Joytun madaniyati guvohlik beradi. O‘troq dehqonlar va chorvador-larning bu madaniyati asosan samonli loydan qurilgan uylardan iborat manzilgoh bo‘lib, Eron va Mesopotamiya xalqlari madaniyati bilan yaqin aloqada shakllangan joytunliklarning ma’naviy madaniyati rivojiga katta umumiy ibodatxona devorlariga ishlangan rangtasvir dalil bo‘ladi. Mil. av. IVíIII ming yillikda Xorazm hududida neolit davriga oid Kaltaminor madaniyati shakllandi.
Neolit inqilobi o‘z mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatning oxiri hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi – dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish bilan inson tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini namoyon qildi, bu insonning ijtimoiy va ma’naviy g‘alabasi edi. Agar arxaik madaniyatda jamoat fikri yetakchilik qilib, urug‘ a’zosi, urug‘ manfaatlari doirasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshladi. Neolit davrining oxiri va jez asrida arxaik madaniyat barham topdi.
Bu davrda jamoa mulki o‘rniga xususiy mulk vujudga kelib,
hunarmandchilik ajralib chiqadi va mahsulot ayrboshlash shakllanadi.
Qayiq va yelkanli kemalar, taqvim, hisob va o‘lchov tizimi vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi huquqning shakllanishiga olib keldi. Ayrimlari hozirgacha saqlanib kelayotgan an’analar va qadimgi folklor namunalari (miflar, dostonlar, hikoyalar, marosim qo‘shiqlari) vujudga keladi, yozuvning ilk tizimi: piktografik (rasm-yozuv), belgi yoki hindularning tugunli yozuvlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |