Arxaik (ibtidoiy) madaniyat haqida umumiy tushuncha Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat



Download 23,88 Kb.
bet1/4
Sana17.07.2022
Hajmi23,88 Kb.
#812966
  1   2   3   4
Bog'liq
Arxaik (ibtidoiy) madaniyat haqida umumiy tushuncha Arxaik yoki


Aim.uz

Arxaik (ibtidoiy) madaniyat haqida umumiy tushuncha


Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat – insoniyat madaniyatining ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko‘lamining 99 foizini tashkil qilgan holda, zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. O‘sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko‘rinishlari bo‘lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor hozirga qadar yo‘qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang‘ich davri keyingi barcha o‘zgarishlarga zamin tug‘dirgani sababli, bu davrni o‘rganish insoniyat evolutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.

Bu borada ko‘plab olimlar tomonidan ma’lumotlar to‘plangan bo‘lib, biz ushbu ma’lumotlarning ikki yo‘nalishini ko‘rib chiqamiz:


I. Antropologik va arxeologik topilmalar – ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishini, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug‘ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan emperik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan Paleolit – qadimgi tosh asri va Neolit – yangi tosh asri tasnifiga asos soldi:


Paleolit bosqichining o‘zi ham ilk (quyi) va so‘nggi (yuqori) davrlarga bo‘linadi. Shuningdek, poleolit va neolit bosqichining o‘rtasi mezolit – o‘rta tosh asri davriga bo‘linadi.


II. Etnografik ma’lumotlar – zamonaviy xalqlar va hozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko‘ruvchilarning hayoti haqidagi ma’lumotlardir. Bu ma’lumotlar saqlanib qolgan arxaik madaniyat ko‘rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o‘xshashliklar bo‘yicha qayta tiklashga yordam beradi.


Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf ko‘li sohilidan topilgan qadimgi tosh qurollari) to er. av. 2 ming yilgacha

76


(mehnat qurollarini jezdan tayyorlay boshlagan davrgacha) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung‘ir g‘oridan topgan «fergantrop» qoldig‘ining yoshi 700 ming yilga teng.

Ilk paleolitning oxirgi davri ko‘pincha alohida davrga ajralib «o‘rta» yoki «mustye» deb nomlanadi (200 minginchi yildan 40 minginchi yilgacha). Bu qonuniy hodisa bo‘lib, mustye davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o‘sishi seziladi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo‘ldi. Neandertallar keng hududlarga tarqalib, murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi, ulardan muayyan marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g‘orlardan ayiqning bosh suyagi topilgan, maxsus o‘rnatilgan tosh supa olovdan qoraygan, unda muayyan marosim o‘tkazilgan. Neandertallar qabri ko‘pincha Sharq-G‘arb yo‘nalishi bo‘yicha joylashib, murda «yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayirilgan, yoniga tosh qurollar qo‘yilgan». Bu marosim udumi madaniyatda o‘limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi eng qadimgi va barqaror tasavvurning paydo bo‘lganligidan dalolatdir.


Neandertal qabri O‘zbekistonning Teshiktosh g‘ori (Surxandaryo viloyati)dan ham topilgan, shuningdek o‘sha davrga oid ko‘plab manzilgohlar (Omonqo‘ton, Zirabuloq, Obirahmat, Ko‘lbuloq, Uchtut va boshq.) ochib o‘rganilgan.





Download 23,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish