Tijorat banklarning daromad va xarajatlari Tijorat banklarining daromadi foizli va foizsiz daromadlardan iborat. Ularnining daromadlari tarkibida foizli daromadlar asosiysalmoqni egallaydi.Daromadlar bank balansining passivida hisobga olib boriladi.
Tijorat banklari daromadlarini manbalari turli-tuman bo‘lib, ulami quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
Mulkiy shaklidan qa’tiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa, o‘rta va uzoq muddatga so‘mda va xorijiy valyutalarda berilgan kreditlar bo‘yicha daromadlar.
Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha daromadlar.
Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha daromadlar.
Trast, lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha daromadlar.
Qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha daromadlar.
Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan REPO bitimlari bo‘yicha daromadlar.
Xorijiy valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida olinadigan daromadlar.
Berilgan kafolatlar va tijorat faoliyatidan olinadigan daro-madlar.
Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar.
Maslahat va vositachilik xizmatlaridan olingan daromadlar.
Boshqa daromadlar.
Tijorat banklarining foizli daromadlari asosan ular tomonidan berayotgan kreditlar hisobidan shakllanadi.
Tijorat banklarining xarajati foizli va foizsiz xarajatlardan iborat bo‘ladi. Xarajatlar bank balansining aktiv tomonida hisobga olib bori-ladi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatini tashkil etish jarayonida turli xarajatlami amalga oshiradi, shu bois xarajatlami moddalar bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Bankning moliyaviy resurslarini shakllantirish va uning bevosita faoliyatini tashkil etish bilan bog ‘liq xarajatlar:
- mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga xarajatlar;
depozit sertifikatlar, omonatlar va aksiyalarga to‘lanadigan xarajatlar;
boshqa bank va bank boimagan tashkilotlardan olingan kreditlar bo‘yicha xarajatlar;
Markaziy bankdan qayta moliyalash tarzida olingan resurslarga toianadigan xarajatlar;
naqd pullami olib kelish, jo‘natish va saqlash bilan bogiiq xarajatlar;
qimmatli qog‘ozlar va qimmatli metallar bilan bogiiq operat-siyalar bo‘yicha toianadigan xarajatlar;
mahalliy banklaming vakillik hisobvaraqlariga toianadigan xarajatlar;
xorijiy banklaming «Loro» vakillik hisobvaraqlariga toianadigan xarajatlar;