Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo ‘sh pul mablag ‘larni jalb qilish, jamg‘arish va ushbu mablagjarni kapitalga aylantirish fiinksiyasi. Banklaming juda qadimiy fiinksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘zlariga jalb qiladi va ushbu mablag‘lami samarali yo‘nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion fondlar, moliya-sanaot korxonalari ham pul mablagiarini jalb qilish vajamg‘arish bilan shug‘ullanadi, biroq ulaming pul mablagiarini jalb qilish va jamg‘arishi bilan banklamikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklaming itiyorida boigan mablagiaming deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablagiari hisoblanadi.Bu banklaming asosiy faoliyati boshqa shaxslaming mablagiari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka bogiiqligini keltirib chiqaradi.
lkkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlami aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modemizatsiyalash va kcngaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‘shimcha aksiya-larni sotib olish va boshqa maqsadlami amalga oshirishda qo‘shimcha moliyaviy mablagMarga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming bu ehtiyojining asosiy qismi banklaming kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu fiinksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, toMovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tijorat asosida taqdim etadi.
Uchinchi funksiyasi,xo 'jalik subyektlari pul hisob — kitoblarini amalga oshirishda vositachi hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko‘rinishida) amalga oshiradi. Banklaming bevosita ishtiroki (vositachiligi) natijasida ushbu o'tkazmalar jo‘natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklaming pul hisob-kitoblami amalga oshirishda vositachilik funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. Banklaming pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatlikni ta'minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois ham Markaziy bank o‘zining pul-kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun zarur bo‘lgan to‘lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.
Kredit mablag ‘larni muomalaga chiqarish banklarning to ‘rtinchi funksiyasi hisoblanadi.Ta'kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga ega emas.Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullami chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan.Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta’minlashga e'tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi.Muomaladagi pul massasining hajmini o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning beshinchi funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muas-sasa sifatida mulkiy shaklidan qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklaming funksiyalari ulaming mohi-yatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklaming funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlaming doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.