Nazorat savollari
Ra`noguldoshlar oilasi nechta oilachaga bo‘lib o‘rganiladi?
Oilaning nechta turkum va turi mavjud va ular qayerlarda tarqalgan?
Olma, nok, do‘lana kabi o‘simliklarning mevasi qanday meva deyiladi?
Qaysi oilacha o‘simliklarining tugunchasi ustki?
Mavzu: Burchoqdoshlar oilasi
O‘rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni
Ra`nokabilar ajdodchasi - Rosidae
Burchoqnamolar qabilasi – Fabales
Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi – Fabaceae
Vakillari:
O‘tloq sebargasi – Trifolium pratense
Sariq qashkarbeda –Melilotus officinalis
Tuksizmiya, shirinmiya – Glycirrhiza glabra
Soxta yantoq – Alhagi pseudalhagi
O‘tloq burchog‘i – Lathyrus pratensis
Ekma no‘xat –Cicer sativum
Ekma beda –Medicado sativa
Ko‘kno‘xat –Pisum sativum (24-rasm)
Mavzuning maqsadi: Oilaga mansub o‘simliklarning anatomo-morfologik tuzilishini, ko‘payishini, turlar sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan o‘rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini va ahamiyatini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariy namunalari, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, o‘simlik turlarining har–xil mevalari, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Burchoqdoshlar oilasi 500 ga yaqin turkum va 12 ming turni o‘z ichiga oladi. Ular daraxt, chala buta, ko‘p yillik, ikki yoki bir yillik o‘t o‘simliklari hisoblanib, butun yer yuzida tarqalgan.
Poyasi tik, o‘rmalovchi va yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va juft patsimon, ba`zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarning uchki tomonidan yaproqlari ba`zan shaklini o‘zgartirib, gajaklarga, yon barglari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, noto‘g‘ri, ba`zan to‘g‘ri bo‘lib shingil, boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hashoratlar yordamida ba`zan o‘z-o‘zidan changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab kosachabargi 5ta, ko‘pincha qo‘shilib o‘sgan. Tojbargi ham 5ta. Ustki toj-bargi yirikroq bo‘lib, «yelkan» yoki «bayroqcha» deyi-ladi. Ikki yonidagisi «eshkak», ikkita ostkisi, chang-chilarni o‘rab turgani esa «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10 ta, ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o‘zaro qo‘shilib ketadi yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham bo‘ladi.
Urug‘chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga va kattalikka ega bo‘lgan dukkakdir. Dukkagi ko‘pincha qorin va orqachoklar bo‘ylab yoki bosh chokidan bo‘li-nadigan, ba`zi hollarda bo‘linmay shakllan yong‘oq-simon bo‘ladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha buyraksimon dumaloq urug‘lar hosil bo‘ladi. Urug‘lari endospermsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |