Архегонийли ва гулли ўсимликлар бўйича амалий машғулотлар



Download 6,34 Mb.
bet64/67
Sana11.03.2022
Hajmi6,34 Mb.
#490909
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Yuksak o‘simliklar sistematikasidan (4)

Kerakli jihozlar: Gerbariy namunalari, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, to‘pgullar, mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bug‘doydoshlar oilasi 700 tur-kum va 7500-10000 turni o‘z ichiga oladi. Ular Yer yuzining hamma qit`alarida tarqalgan. Bu oilaga bir yillik, ikki va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ba`zan, buta va daraxtlar kiradi. Ularning poyasi ingichka, naysi-mon, bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imlari bo‘rtgan, ichi berk, bo‘g‘im oraliqlarining ichi esa bo‘shliqdan iborat. Barglari oddiy, bandsiz, ba`zan bandli, poyada ketma-ket joylashgan. Ular poyani o‘rab turadigan naysimon uzun qindan va tasmasimon, nashtarsimon, ba`zan tuxumsimon yoki bigizsimon shaklga ega bo‘lgan barg yaproqlaridan iborat. Barg qinining barg yapro-qiga o‘tish joyida yupqa pardasimon o‘simta tilcha va 2ta quloqchasi bor. Tilcha 2 ta yonbargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan deb qaraladi. U poya bilan qin orasiga suv tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gullari mayda, gulqo‘rg‘onsiz bo‘lib, ular o‘z navbatida boshoq, supurgi, shingil, so‘ta, ro‘vak kabi oddiy va murakkab to‘pgullarni hosil qiladi. Har bir boshoqcha 1 dan 10 tagacha, ba`zan undan ko‘p, ikki jinsli yoki bir jinsli, ikkita gultangacha barglar va ular ostidan chiqqan, ikkita etli boshoq tangacha bargli gullardan tashkil topadi. Ayrim hollarda ularning soni o‘zgarib turishi ham mumkin. Boshoq tangacha barglar boshoqchani o‘rab turganini ostki, o‘ralib turgan ichkarisidagini esa ustki boshoq tangacha barg deyiladi. Ulardan keyin changchi va urug‘chilarni o‘rab turgan gultangacha barglar joylashgan bo‘ladi. Gultangacha barglarning boshoqcha o‘zagidan chiqqan etli va kattarog‘ini ostki, uning qarshisida gul banddan chiqqan ki-chikrog‘ini ustki gultangacha barg deyiladi. Gultan-gacha barglar ichida 1,2,3 ta bo‘lib joylashgan kich-kinagina yupqa parda bo‘lib, bu parda o‘zgargan gul-qo‘rg‘on, "lodequla" deb ataladi. Lodequlalar tanga-cha barglarni itarib, ularni bir-biridan ajratadi va gulning ochilishiga changchi va urug‘chilarning gul ichidan tashqariga chiqib, osilib turishiga imkon beradi. Changchilar asosan 3 ta yoki 6 ta, ba`zan 2 ta ham bo‘lishi mumkin. Urug‘chisi bitta, 2 yoki 3 ta mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Ustunchasi qisqa, ba`zan o‘troq holda bo‘lib, tum-shuqchasi 2 ta bo‘lakka bo‘lingan, patsimon tuzilishga ega. Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug‘kurtakli. Mevasi quruq don meva.
Ahamiyati: Bu oila o‘simliklari insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligi bilan boshqa oilaliklardan alohida ajralib turadi. Chunki bu o‘simliklarning urug‘i tarkibida 50-75 % kraxmal, 20% oqsil, yog‘, mineral moddalar va vitaminlar bor. Bu oila vakillari nafaqat oziq-ovqat, balki yem-xashak va manzarali o‘simliklar sifatida ham ma`lum.






Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish