49
Nazorat savollari
1.
Oddiy qarag`ay o‘simligining
otalik va onalik
qubbalari qaysi faslda hosil bo‘ladi va ularning o‘ziga
xos tuzilishi nimalardan iborat?
2.
Mikrospora (chang) necha qavatdan tashkil topgan va
uning taraqqiyot davrida dastlab qaysi hujayra hosil
bo‘ladi?
3.
Urug`kurtak nimaning shaklan o‘zgarishidan hosil
bo‘ladi va u qanday tuzilishga ega?
4.
Otalanish jarayoni qanday amalga oshadi?
5.
Yangi yetilgan qubbalarda dastlab va keyin qanday
rangdagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Magnoliyatoifa yoki gulli o‘simliklar bo‘limi –
Magnoliophyta, Anthophyta
Bu bo‘lim o‘simliklari g‘oyat
murakkab tuzilishi,
takomillashganligi, nihoyatda xilma-xilligi, turlarining
behad ko‘pligi (250 mingdan ortiq), tabiat va inson
hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning
boshqa
guruhlaridan keskin farq qiladi.
Bularning urug‘i, oldingi bo‘lim – ochiq urug‘lilarniki
singari, mikrosporachi barg betida himoyasiz ochiq
holda bo‘lmay, balki qirralari qo‘shilib o‘sgan, o‘zgar-
gan, mikrosporachi bargda, ya`ni onalikda hosil
bo‘ladi.
Onalik yangi organ, faqat yopiq urug‘lilar
uchun xos bo‘lganligidan bular onaliklilar (Gynoeciatae)
deb ham nomlanadi. Onalik 3 qismdan iborat bo‘lib,
uning kengaygan ostki qismi tuguncha, changlarni
tutishga moslashgan yoyiq yuqori qismi tumshuqcha,
tuguncha bilan tumshuqchani
birlashtirib turgan
o‘rta qismi ustuncha deb ataladi. Tuguncha ichida
urug‘kurtak (mikrosporangiy) bo‘ladi. Urug‘kurtak
otalangandan (urug‘langandan) so‘ng urug‘ga, tugun-
cha devorchasi esa mevaga aylanadi. Meva urug‘ni
yaxshi himoya qila oladigan,
uni tarqatadigan va shu
bo‘lim vakillari uchun xos bo‘lgan yangi organdir.
50
Urug‘ meva ichida joylashib, yaxshi himoya qilingan-
ligidan bular yopiq urug‘lilar nomini olgan. Bu bo‘lim
vakillarining muhim belgilaridan biri ularning chin guli
bo‘lishdir. Shu sababdan ham ular ko‘pincha gulli
o‘simliklar deb ataladi. Gulli o‘simliklarning yana
bir muhim o‘ziga xos belgilaridan biri ulardagi qo‘sh
urug‘lanish hodisasidir. Qo‘sh urug‘lanish (otalanish)
jarayoni natijasida 2 ta zigota hosil bo‘lib, ulardan biri
taraqqiy etib, murtakka,
ikkinchi esa murtakni
oziqlantiruvchi duragay to‘qima – endospermga aylana-
di. Gulli o‘simliklarning har xil yashash sharoitida
o‘sishga moslanib, keng tarqalib (Arktikadan tropik
mintaqalarga) hozirgi
geologik davrning hukmron
o‘simligi bo‘lib qolish sabablaridan biri, murtagining
duragay to‘qimadan tashkil topgan endosperm bilan
oziqlanishidir.
Gulli o‘simliklar bo‘limi ikki va bir pallalilar ajdodiga
bo‘linadi.
Ikki pallalilar ajdodiga mansub o‘simliklar
kelib
chiqishiga ko‘ra qadimgi bo‘lib, ular orasida daraxt,
buta va o‘t o‘simliklar uchraydi. Hozirgi vaqtda bu
sinfga 190000 tur o‘simlik kirib, ular 10000 turkum,
429 ta oilani tashkil etadi.
Ikki pallali o‘simliklar ajdodining o‘ziga xos xarakter-
li belgilari quyidagilardan iborat:
1.
Murtagi ikkita palladan iborat.
2.
Urug‘i endospermli yoki endospermsiz.
3.
Murtagida boshlang‘ich ildiz o‘simlik hayotining to
oxirigacha saqlanib o‘q ildiz hosil qiladi.
4. O‘tkazuvchi nay tolalar to‘plami ochiq tipda bo‘lib,
ular halqa shaklida joylashgan.
Shu bilan birgalikda,
ularda poyaning ikkilamchi tartibda qalinlashishiga
imkon beradigan kambiy qatlami mavjud.
5. Bularning ko‘pchiligida gulqo‘rg‘on 5 a`zoli.
6. Bu sinfda daraxtsimon vakillari bir pallalilarga
nisbatan ko‘p uchraydi.