Arab xalifaligi va musulmon huquqi



Download 233,5 Kb.
bet16/24
Sana25.03.2022
Hajmi233,5 Kb.
#510181
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Arab xalifaligi va musulmon huquqi

Ijara shartnomasi faqat mol-mulkka emas, shaxsga nisbatan ham qo`llanadi. Shartnomaning narsasi ko`char va ko`chmas mol-mulklar hi-soblanardi. Shartnoma ko`pincha yerdan foydalanish uchun tuzilardi. Le-kin unda nazarda tutilgan shartlar dehqonni og`ir sharoitga soladigan dara-jada bo`lardi. Yerni ijaraga olgan dehqon olingan hosilning deyarli yarmini yer egasiga berardi. Shaxs ijarasi haqida tuzilgan shartnomaning mazmuni asosan ishga yollovchining xohishi bilan belgilanadi. Ishlar ko`pincha vaqtincha xarakterga ega bo`lib, mehnatni muhofaza qilish shartnomada nazarda tutilmaydi. Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik taraflarning aybi bilan bo`lishi yoki bo`lmasligi hisobga olingan holda yuklatiladi.
Qarz shartnomasi - eng ko`p tarqalgan shartnomalardan biri. U iqti-sodiy, ijtimoiy jihatdan turli ahamiyatga ega bo`lgan munosabatlar bo`yi-cha qo`llaniladi. Ushbu shartnoma vositasida buyumni, asbob-uskunani tekinga foydalanish uchun berib turish, shuningdek, boshqa sabablar, ya`ni nasiyaga sotish, mol-mulkni ijaraga berish, pudrat va shunga o`xshash boshqa munosabatlarni amalga oshirishda ham foydalanilgan.
Maishiy pudrat shartnomasi rivoj topgan shartnomalardan iborat. Shartnoma bo`yicha bir tomondan - hunarmandlar (ko`nchi, etikchi, bo`z-chi, temirchi, duradgor, bo`yoqchi, tegirmonchi, nonvoy, juvozchi), ikkin-chi tomondan iste`molchi - fuqaro va savdogarlar qatnashadi. Savdogarlar hunarmandlar tayyorlagan narsalarni, asbob-uskunalarni olib-sotish bilan shug`ullanadi. Shartnomaning narsasi mahalliy aholi keng ravishda iste`-mol qiladigan va hunarmandlar ishlab chiqaradigan qurol-asboblar va ma-halliy ustalar, quruvchilar bajaradigan qurilishlar va boshqa mahsulot-lardan iborat bo`lgan.
Shirkatlik shartnomasida ikki yoki undan ko`p shaxslar qatnashgan bo`lib, ma`lum bir maqsadga erishish uchun tuziladi. Shirkatlik shartno-masi quyidagi ikki turga bo`linadi: «shirkati milk», ya`ni birgalikda mol-mulkka egalik qilish va «shirkati aqid», ya`ni birgalikda bitim tuzish, o`z navbatida «shirkati aqid» quyidagi turlarga bo`linadi:
«Shirkati-mufavazat» - shartnomada nazarda tutilgan maqsadga eri-shish uchun uning a`zolari (ishtirokchilari) tomonidan mol-mulklarini teng hissada umumiylashtirish va majburiyatlar bo`yicha olinadigan daromad-larni ham teng hissada olish bo`yicha tuzilgan shirkat.
Shartnomaga muvofiq sheriklar bir vaqtning o`zida bir-biriga nisba-tan ham muovin, ham ijrochi vazifasini bajaradi. Sheriklardan bir-biri tomonidan o`z vakolati doirasida tuzilgan bitim ikkinchisi yoki boshqa ishtirokchilari uchun ham majburiyatlarni vujudga keltiradi. Bunday shirkat unda qatnashuvchilarning har tomonlama teng huquqli bo`lishiga asoslanadi.
«Shirkati-inon» - o`z mol-mulklarining bir qismini umumlashtirib ti-jorat (savdo) bilan shug`ullanish uchun tuzilgan shirkat. Ushbu shartnoma bo`yicha bir shirkat a`zosi ikkinchisiga nisbatan kafil emas, balki ishonchli shaxs hisoblanadi. Shirkatga qo`yilgan sheriklarning mol-mulki hissasi teng bo`lmasligi mumkin. Hissani va shirkat faoliyatini bajarishda uning a`zolarining shaxsiy ishtirok etishi teng bo`lmasligidan qat`i nazar, olingan daromad shartnomada nazarda tutilgan shartga muvofiq taqsimlanadi. Bir sherik ikkinchi sherikning shaxsiy qarzi uchun javob bermaydi. Shirkatga yetkazilgan ziyon shartnomaga muvofiq to`ldiriladi.
«Shirkati-vudjux» - qarz berish yoki ishonchga asoslangan sherik. Shartnomaga asosan shirkat a`zolarining har biri o`zining shaxsiy mablag`i hisobiga tovar olib uni birgalikda sotishadi. Ushbu shartnoma bo`yicha shirkat a`zolari bir-biriga nisbatan ham ishonchli shaxs, ham kafil hisob-lanadi. Shartnoma taraflaridan har birining daromadi yoki ko`rgan ziyoni uning shirkat faoliyatida ishtirok etgan hissasiga muvofiq tenglashtiriladi.
«Shirkati-sanaiya» - hunarmandchilik shirkatidan iborat bo`lib, ma`-lum bir ishni bajarish yoki kasb bilan shug`ullanish maqsadida shartnoma tuziladi. Ushbu shirkat a`zolarining bitta hunar bilan shug`ullanishi yoki bitta joyda ishlashi shart emas. Olingan daromadni taqsimlash teng bo`l-masligiga yo`l qo`yiladi. Shuning bilan birga majburiyat bo`yicha sheriklar birgalikda javob beradi. Qishloq joylarda «teng sherik» degan sherikli shartnomalar tuzilardi. Bunday shartnomaga asosan sheriklar teng miqdor-dagi hissa sifatida yer, chorva mol, urug`lik va boshqa narsalar, shuning-dek, o`z mehnatini qo`shadilar. Hissa sifatida ba`zi sheriklar ishchi hayvon va ishlab chiqarish qurollari, boshqalari esa faqat yer bilan qatnashadilar. Bunday hollarda yig`ishtirib olingan hosil bab-baravar taqsimlanadi. Faqat o`z mehnatini qo`shgan sheriklar olingan hosilning uchdan bir qismini oladi.

Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish