Ҳар қандай динни икки ҳил ўрганиш мумкин: муайян дин вакили томонидан ўзи учун ва мутахассис тарафидан илмий-назарий мақсадда. Табиийки, улар бир-биридан фарқ қилади



Download 44,67 Kb.
bet7/7
Sana25.02.2022
Hajmi44,67 Kb.
#298425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aralash dinlar

ISLOM MAZHABCHILIGI - islom dinida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun kurash jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yo‘nalishlar va oqimlarning umumiy nomi. Mazhab tor ma’noda shariatga xos huquq yo‘nalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik iborasi keng ma’noda dinlardagi barcha guruhlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda I. m. bu dindagi barcha guruhlar ajralish shakllarini o‘z ichiga oladi, ularning 5 turini birbiridan tafovut qilish kerak: 1) islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-biridan tafovut qiladigan diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular ichidan ajralgan ko‘p kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan, o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga kelib unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan ravshaniylar (17-asr), ahmadiya, voisovchilar firqalarini (19-asr), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) So’fiylik yoki tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan so’fiylik rahnamolari (pirlar) nomi bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan. Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya, mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom tarixida yuz bergan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.
Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp M.lar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta M. — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha alohida dars oʻqitiladi. M.lar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning ququqiy qayotida jaʼfariylik M.i oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik M.i keng yoyilgan.
Download 44,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish