Aqsh ning siyosiy partiyalar tizimi. Kelib chiqish tarixi



Download 17,63 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2022
Hajmi17,63 Kb.
#572742
  1   2   3
Bog'liq
AQSH siyosiy partiyalar tizimi


AQSH ning siyosiy partiyalar tizimi.
Kelib chiqish tarixi
AQShda siyosiy partiyalar shunchalik muhimki, butun boshli mamlakat ikkiga bo‘lingan: demokratlar va respublikachilarga. Ko‘pchilik nega AQShda ikkitagina siyosiy partiya bor hayron ham qoladi. Birinchidan, AQShda 40 ta siyosiy partiya bor. Demokratlar va respublikachilarning gegemonligini ham oddiy fakt bilan tushuntirish mumkin. O‘zi inson tabiatan ikki xil bo‘ladi: yoki konservativ yoki demokrat. Shu mantiqqa qaralsa, AQShda deyarli butun mamlakat ikkita siyosiy partiya tarafdori bo‘lishi tushunarli holat.
Aksariyat odamlar Respublikachilar partiyasi va Demokratlar partiyasi haqida ko’p eshitgan. Ammo ularning tarixi, bir-biridan farqi, saylovlardagi ishtiroki, uchinchi partiyalar va ularning saylov jarayoniga ta’siri haqida ma’lumotga egamisiz?
AQShda prezident saylovlariga oz vaqt qoldi. Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, demokratlardan esa Xillari Klintonning yuzma-yuz bellashishi kutilmoqda. 1868-yildan beri saylovlarda mana shu ikki partiya vakilidan biri muntazam ravishda saylanib keladi. Jami 1788-yildan beri 57 ta saylov o’tgan bo’lsa, hisob hozircha 22:22 - 22 ta saylovda demokrat nomzod, yana shuncha saylovda respublikachi nomzod g’olib bo’lgan. 7 ta saylovda g’alaba qozongan nomzodlar esa Demokratik Respublikachilar partiyasiga mansub bo’lgan.
Bu yilgi saylovlarda ham asosiy kurash respublikachi va demokrat nomzodlar o’rtasida kechadi, ammo bu jarayonda boshqa partiya vakillari qatnashmaydi degani emas. Hatto 11 ta saylovda ular prezidentlikni qo’lga kiritgan. Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington umuman hech qanday partiyaga a’zo bo’lmagan. Eng uzoq prezidentlik qilgan Franklin Ruzvelt ham, ikki yilga bormasdan otib o’ldirilgan Jon Kennedi ham demokrat bo’lgan.
Amerikada Respublikachilar partiyasini “eng katta eski partiya” ham deb atashadi, shunga qaramay, yosh jihatdan Demokratlar partiyasi undan 26 yil ulug’roq.
Respublikachilar partiyasi
Respublikachilar partiyasi shu yil mart oyida 162 ga to’ldi. 30 milliondan ziyod a’zosi bor. Ramziy rangi – qizil, emblemasi – fil. AQSh Senati va Vakillar palatasida respublikachilar ko’pchilikni tashkil etadi – Senatda 100 a’zodan 54 tasi, Kongress quyi palatasida esa 435 a’zodan 247 tasi, 50 ta gubernatordan 31 tasi respublikachi.
Respublikachilar partiyasi Amerikaga 18 ta prezident berdi. Birinchisi Avraam Linkoln edi. Boshqa taniqli respublikachi prezidentlardan Richard Nikson, Ronald Reygan, to’ng’ich Jorj Bushni tilga olasi bo’ladi.
Respublikachilar markaziy hukumatning ixchamroq bo’lishi, shtatlarga kattaroq rol berilishi tarafdori, davlatning xususiy biznes ishiga aralashishiga qarshi. Partiya konservativ qarashlarni yoqlaydi, xoh iqtisodiyotda bo’lsin, xoh siyosatda. Erkin bozor, individuallik, kuchli armiyani, an’anaviy oilaviy munosabatlar, qurolga egalik qilish huquqini qo’llab-quvvatlab, soliqlar va minimal ish haqini oshirishga, davlat tibbiy sug’urtasiga, ijtimoiy dasturlar, abort, noqonuniy immigrantlarning fuqaro bo’lishiga yetaklovchi tashabbuslar, besoqolbozlikka qarshi. Respublikachi qonunchilar 2001-yilda Afg’onistonga, 2003-yilda Iroqqa qo’shin kiritish taklifini yoqlagan.
Respublikachilar odatda dindorroq bo’ladi. Isroilga munosabatga kelganda demokrat va respublikachilar qarashlarida farq yo’q – barchasi bir ovozdan yahudiy davlatini cheksiz qo’llab-quvvatlaydi.
So’nggi respublikachi prezident kenja Jorj Bush bo’lgan. Shundan beri partiya faollari o’z vakilini Oq uyga qaytarishga behuda urinmoqda. Avval 2008-yilda senator Jon Makkeyn demokratlardan yosh nomzod, senator Barak Obamaga yutqazdi, so’ng Obama 2012-yilda Massachusets gubernatori Mitt Romnini dog’da qoldirdi.
Ayrim respublikachilarning bu yilgi umidi Jeb Bush ishonchni oqlay olmadi. U saralash bosqichida juda bo’sh keldi. Biroq yaqindan beri o’zini respublikachi deb e’tirof etgan tadbirkor Donald Tramp kutilmaganda haqiqiy respublikachi da’vogarlarni poygadan chiqishga majbur qilib, partiyadan prezidentlikka rasmiy nomzod bo’lishga yaqin turibdi. Biroq respublikachilarning Trampga munosabati bo’lingan.

Download 17,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish