Bolalar serebral paralichi (BSP) – BU BOLANING BOSH MIYASI VA ORQA MIYASINING shakillanishi bosqichlarida (ona qornida rivojlanishi, tug’ruq yoki chaqaloqlik davrida) shikastlanish najitasida sodir bo’luvchi og’ir xastalik. Tananing tayanch aparati, ko’rish, eshitish, nutq, aqliy salohiyatining buzilishi BSPning asosiy klink belgisi hisoblanadi. Bazi bolalarda talvasa (sudorga) sindromi kuzatiladi. Ilmiy adabiyotlarda BSPning 20dan ortiq turi izohlanadi. Ular asosiy etiologik belgilari, klinik namoyan bo’lishi tarzi,patogenitik belgilariga asoslanadi. Mahalliy klinik amaliyotda D. S.Futer(1967) va M.B. Sukerning (1947) klassifikatsiyasidan foydalaniladi. Mazkur klassifikatsiyada BSP 5ta asosiy shakli ajratiladi: spastik diplegiya, BSPning gimiparetik shakli, giperkinetik shakli, atonik- astoatik va 2 tomonlama gimiplegiya shakli. Amalyotda , shuningdek, BSP ning aralash shakl ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |