www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
muvaffaq bo'ldim. Shunday qilib hamma xursand edi. Ilk mijozim kim bo'lganini
bilasizmi?
Yigit yo'q deganday boshini chayqadi.
— Meni ishdan bo'shatgan kompaniya. Ular iqtisodiy tanazzul oqibatida aziyat
chekkanidan xabardor edim, shu bois qo'limdagi raqamlar bilan maxsus dasturlardan
samarali foydalanish hisobiga ular boshqaruv xarajatlarini kamida 25 foyizga kamaytirish
mumkinligini ko'rsatdim. Mazkur kompaniyaning qanday ishlashi to'g'risida bilganlarim
asqotgani uchun olti oydan so'ng yangi kompyuterlar o'rnatilgani va ularni dasturiy
ta'minlanilgani tufayli kompaniya o'zining 35 foiz xarajatlarini kamaytirdi. Bu shu
darajada qo'l keldiki, ular har yili o'z ma'muriy faoliyatlarida kompyuterlardan qanday
foydalanayotganliklarini nazorat yetib turishim uchun menga doimiy ravishda maosh
to'lashni taklif qildilar.
Bir yil davomida 25 ta bitim tuzdim va ofisdagi lavozimda oladigan maoshimdan
besh barobar ortiq pul topdim. Kelasi yili biznesim shu qadar rivojfandiki, endi odamlar
yo’llab ishlatishga majbur bo'ldim va uch yil mobaynida daromadim bir million funtdan
oshib ketdi.
Ko'rib turganingizdek, keksa xitoylikning har qanday omadsizlik ortida xuddi shu
miqdorda yoki undan-da kattaroq omad ildizi bor, degan so'zlari haq ekan. Axir o'shanda
ko'chada qolmaganimda, kompyuter texnologiyasini o'rganmagan bo'lardim va bugun
o'tirgan joyimda hech qachon bo'lmasdim.
— Bularning barchasi maxsus bilimlar natijasidir, — dedi yigitcha.
— Maxsus bilimlarning o'ziyoq muvaffaqiyatga kifoya qilmaydi, — dedi Braun
xonim. — Esingizda bo'lsin, Haqiqiy Boylikning o'nta sirining har biri birdek muhimdir.
Lekin katta sarmoya to'plashga erishgan biron-bir shaxs o'z biznesi sohasi soliq
huquqi, investitsiya va omonatlar dasturlari haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lmay turib
buning uddasidan chiqmaydi.
— Aytinchi, — so'radi yigitcha, Braun xonim bilan xayrlashishdan oldin, — keksa
xitoylik ishlaydigan kompaniyaning nomi qanday ataladi?
— Nima qilasiz? Siz chol bilan uchrashmoqchimisiz?
— Ha.
— Afsuski, men urinib ko'idim. U bilan uchrashganimdan uch oy o'tgach, cholni
qayerdan topishim mumkinligini bilish uchun bosh ofisga qo'ng'iroq qildim.
— Xo'sh, ular nima deb javob qilishdi?
— Javob ajabtovur qiziq bo'ldi, — dedi Braun xonim. — Kompaniyada qachon
bo'lsa-da biron-bir xitoylik ishlagani to'g'risida umuman ma'lumot yo'q ekan!
Kechqurun yigitcha yozuvlarini qaytalab o'qib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |